Mustahkam oila – jamiyat taraqqiyotining muhim omili
Ushbu kitob O'zbekistonda oilaning jamiyatdagi o'rni, oilaviy munosabatlarning ahamiyati va mustahkam oilani shakllantirish masalalariga bag'ishlangan. Kitobda oilaning kelib chiqishi, rivojlanishi, funktsiyalari va jamiyat taraqqiyotidagi roli keng yoritilgan. Shuningdek, O'zbekistonda oilani mustahkamlash bo'yicha olib borilayotgan davlat siyosati, qonunchilik asoslari va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Oila tushunchasi, uning mazmuni va mohiyati: Oila - jamiyatning asosi, insonning ma'naviy kamoloti o'chog'i. Oilaning ta'rifi, uning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, oilaning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.
- Oilaning paydo bo'lishi va taraqqiy etishining o'ziga xos xususiyatlari: Oilaninig tarixiy taraqqiyot davrlari, turli xalqlarda oilaviy munosabatlarning shakllanishi, nikoh shakllari va ularning evolyutsiyasi.
- Mustahkam oila - jamiyat taraqqiyotining poydevori: Mustahkam oilaning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, oilaning iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy va huquqiy funktsiyalari, mustahkam oilani shakllantirish omillari.
- Oila va davlat dasturlari: O'zbekistonda oilani qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat siyosati, oilaga oid qonunchilik, oilani mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilayotgan davlat dasturlari.