Mехanika, mоlеkulyar fizika va elеktrоstatika
Ushbu kitob "Mexanika, molekulyar fizika va elektrostatika" fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda mexanika, molekulyar fizika va elektrostatika bo'limlariga tegishli asosiy tushunchalar, qonunlar va teoremalar batafsil yoritilgan. Materiallar o'quv rejasiga muvofiq tuzilgan.
Asosiy mavzular
- Fizika faniga kirish va kinematika asoslari: Fizika fanining predmeti, rivojlanish tarixi, fizik modellar, kinematika asoslari, harakat turlari va kinematik kattaliklar (tezlik, tezlanish).
- Moddiy nuqta dinamikasi: Nyuton qonunlari, kuch, massa, impulbs tushunchalari. Mexanik sistemalar va ularni turlari
- Tabiatda kuchlar va ularning xususiyatlari: Deformatsiya, mexanik kuchlanish, elastiklik, ishqalanish kuchlari. Butun olam tortishish qonuni. Og'irlik kuchi. Gravitatsion maydon.
- Mexanikada saqlanish qonunlari: Impulbs va uning saqlanish qonuni. Mexanik ish, quvvat va energiya: kinetik va potentsial. Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni
- Qattiq jismning aylanma harakat dinamikasi: Moddiy nuqta va qattiq jismning inertsiya momenti. SHteyner teoremasi.Kuch momenti. Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi. Impulbs momenti va uning saqlanish qonuni. Aylanma harakat qilayotgan jism energiyasi.
- Mexanik tebranishlar: Garmonik tebranma harakat. Erkin, so'nuvchi va majburiy tebranishlar va ularning differentsial tenglamasi va echimi.Mexanikada garmonik ostsillyator. Garmonik tebranishlar energiyasi
- Mexanik to'lqinlar: To'lqin jarayonlari. Bo'ylama va ko'ndalang to'lqinlar. To'lqin tenglamasi. To'lqin uzunligi va soni. Fazaviy va guruhli tezliklar. To'lqin energiyasi. Turg'un to'lqinlar
- Nisbiylik nazariyasi asoslari: Galiley va Lorents almashtirishlari va ulardan kelib chiqadigan xulosalar. Ikki hodisa orasidagi interval va uning inertsial sanoq sistemasiga nisbatan invariantligi. Tezliklarni qo'shish qonuni. Relyativistik dinamika elementlari
- Uzluksiz muhitlar mexanikasi elementlari: Suyuqlik va gazlarning umumiy hossalari. Gidrodinamikaning asosiy tenglamasi. Siqilmaydigan suyuqlik gidrostatikasi. Ideal suyuqlikning turg'un harakati. Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari. YOpishqoq suyuqlik gidrodinamikasi.
- Molekulyar-kinetik nazariya asoslari: Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. Izojarayonlar va ideal gaz qonunlari. Ideal gaz holat tenglamasi
- Statistik fizika asoslari: Gaz molekulalari tezlik va energiyaning absolyut qiymatlari bo'yicha taqsimoti. o'rtacha va ehtimolli tezliklar. Maksvell taqsimoti. Barometrik formula. Bolbtsman taqsimoti
- Termodinamika asoslari: Energiyaning erkinlik darajasi bo'yicha tekis taqsimot qonuni. Ideal gaz ichki energiyasi. Termodinamikada ish. Issiqlik miqdori va issiqlik sig'imi. Termodinamikaning birinchi qonuni va uni izojarayonlarga tatbiqi. Adiabatik jarayon. Puasson tenglama
- Qaytar va qaytmas jarayonlar: Aylanma jarayonlar. Karno aylanma jarayoni (tsikl). Termodinamika ning ikkinchi qonuni. Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti (FIK). Entropiya. Termodinamikaning uchinchi qonuni (Nersta)
- Real gazlar: Van-der-Vaalbs tenglamasi va uning tahlili. Kritik holat. Eksperimental izotermalar Real gazlarning ichki energiyasi. Joulu-Tompson effekti
- Elektrostatik maydon va uning xususiyatlari: Nuqtaviy elektr zaryadi va uning saqlanish qonuni. Kulon qonuni. Nuqtaviy zaryad elektr maydoni kuchlanganligi.Kuch CHiziqlari.Maydon kuchlanganligi superpozitsiya printsipi
- Elektrostatik maydondagi dielektriklar: Dielektriklarning qutblanishi va elektr maydonda dipolb. Elektr induktsiya (siljish)vektori.Elektr maydonidagi dielektriklar uchunGauss teoremasi. Dielektrik singdiruvchanlik.
- Elektrostatik maydondagi o'tkazgichlar: Zaryadlarning taqsimlanishi. Elektrostatik induktsiya qonuni. Elektr sig'im va kondensatorlar. Elektrostatik maydon energiyasi va zichligi.