Кўп критериялик масалаларни ечиш учун дастурий воситаларни ишлаб чиқиш

Ushbu kitobda ko'p kriteriyalik masalalarni yechish usullari, ularning matematik ta'minoti va dasturiy vositalari nazariy va amaliy jihatdan o'rganilgan. Kitobda ko'p kriteriyalik masalalarni yechishning sifatli usullari, optimal yechimlarni topish algoritmlari va turli xil yechish usullarini kompyuterda amalga oshirish masalalari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Ko'p kriteriyalik masalalarning qo'yilishi va tadqiqoti: Ushbu bo'limda ko'p kriteriyalik optimallashtirish masalalari, ularning turlari va xususiyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, turli xil iqtisodiy va texnik sohalarda ko'p kriteriyalik masalalarning qo'llanilishi ko'rib chiqiladi. Pareto optimal yechim tushunchasi va uning xususiyatlari keltirilgan.
  • Ko'p kriteriyalik masalalarni yechish usullari: Bu bo'lim ko'p kriteriyalik masalalarni yechishning turli usullarini o'rganadi, shu jumladan cheklovlar usuli, bosh kriteriy usuli, ketma-ket yon berishlar usuli, ten ulchovli summalar usuli. Har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari, ularning qo'llanilish shartlari tahlil qilinadi.Misollar keltiriladi.
  • Ko'p kriteriyalik masalalarni yechish uchun dasturiy vositalarni ishlab chiqish: Bo'limda ko'p kriteriyalik masalalarni kompyuterda yechish uchun dasturiy vositalarni ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqiladi. Dasturiy vositalarning arxitekturasi, interfeysi, algoritmlari va qo'llanilishi batafsil bayon etiladi. Dasturiy kompleksning samaradorligini oshirish yo'llari ko'rsatilgan