O’zbekistonning Hindiston davlati bilan ijtimoiy-madaniyaloqalari
Mazkur kitob Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar tarixini, siyosiy aloqalarni, iqtisodiy hamkorlikni, madaniy almashinuvlarni hamda bu sohalardagi oʻzgarishlarni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganadi. Kitobda ikki davlatning mustaqillik yillaridagi hamkorligi, globallashuv sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va madaniy aloqalarning ahamiyati tahlil etilgan.
Asosiy mavzular
- Oʻzbekiston-Hindiston munosabatlarining shakllanishi: Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi qadimiy aloqalarning tarixiy bosqichlari, Buyuk ipak yoʻli, Boburiylar davri va mustamlakachilik davridagi munosabatlar koʻrib chiqiladi. Shuningdek, XX asrning 50-90 yillarida hamkorlikning cheklanish sabablari tahlil qilinadi.
- Mustaqillik davridagi siyosiy-iqtisodiy aloqalar: Oʻzbekiston va Hindiston davlatlari munosabatlarida tashqi siyosiy faoliyat asoslarining ishlab chiqilishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga yoʻl qoʻyilishi, ikki davlat oʻrtasidagi har tomonlama manfaatli munosabatlar, globallashuv sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarning istiqbollari yoritiladi.
- Madaniy hamkorlik: Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi madaniyat, ilm-fan, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi istiqbollari, halq diplomatiyasi shakllari, madaniy aloqalarning mustahkamlanishi va istiqbolli yoʻnalishlari tahlil qilinadi.