“Юксак маънавият-енгилмас куч” асарининг моҳияти

Ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ushbu kitobda milliy ma'naviyatning mohiyati, uning jamiyatdagi o'rni, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, ma'naviy tahdidlar va ularga qarshi kurash yo'llari, shuningdek, ma'naviy kamolotga erishishning asosiy mezonlari haqida so'z yuritiladi.

Asosiy mavzular

  • Ma'naviyat - insonning ulg'ayish va kuch-qudrat manbaidir: Ushbu bobda ma'naviyat tushunchasining mazmuni, ma'naviyatli va ma'naviyatsiz insonlarning xususiyatlari, ma'naviyatni shakllantiruvchi omillar, ma'naviy va moddiy hayot uyg'unligi kabi masalalar keng yoritilgan.
  • Mustaqillik - ma'naviy tiklanish va yuksalish: Ushbu bobda milliy g'oyaning ma'naviy hayotdagi o'rni, mustaqillik davrida jamiyatda milliy-ma'naviy tiklanish jarayoni, til, din, milliy va diniy bayramlarning qayta tiklanishi hamda islohotlarning ma'naviy jihatlari haqida fikrlar bayon etilgan.
  • Ma'naviyatga tahdid - o'zimiz va kelajagimizga tahdid: Ushbu bobda globallashuv sharoitida ma'naviyat va ma'naviy tarbiya masalalarining dolzarbligi, bu masalalarning nafaqat milliy, balki umumbashariy ahamiyatga ega ekanligi tahlil qilingan.
  • Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori: Ushbu bobda ma'naviy tarbiyaning ahamiyati, har bir insonning qalbiga yo'l topish zarurligi va bu sohada ziyolilarning o'rni haqida so'z yuritiladi.