Tog‘ mintaqasida о‘suvchi karamdoshlar oilasiga kiruvchi efemerlarning morfologiyasi, ekologiyasi, biologiyasi
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Unda botanika, ekologiya va hujayra biologiyasi fanlari boʻyicha maʼlumotlar, oʻsimliklar sistematikasi, xususan karamdoshlar oilasi vakillarining morfologik, ekologik va biologik xususiyatlari, ularning Oʻzbekiston florasidagi oʻrni, shuningdek, ularni oʻqitish metodikasi yoritilgan. Kitobda nazariy maʼlumotlar, ilmiy tadqiqotlar natijalari va amaliy tavsiyalar mujassam boʻlgan.
Asosiy mavzular
- Oʻsimliklar jamoasi haqida umumiy tushuncha: Oʻsimliklar guruhi tasodifiy toʻplam emas, balki muayyan tashqi muhit sharoitida birgalikda yashaydigan oʻsimliklarning evolyusiyasi natijasida tarkib topgan. Jamoani tashkil etgan turlar ichida murakkab munosabatlar mavjud. Ular yorugʻlikka, namlikka va ozuqa elementlariga boʻlgan uzluksiz kurashdan iborat.
- Oʻzbekiston florasi: Oʻzbekiston florasida uchraydigan sumbul, zuhra soch buloq boʻylarida, ariq va soy boʻylarida, togʻlarda suvli qoyalarning yoriqlarida va salqin joylarda oʻsadi. Saksovul turkumi koʻchma kumlarni mustahkamlashda ahamiyatga ega. Saksovul daraxt va buta oʻsimliklaridir.
- Karamdoshlar oilasi (Krestguldoshlar) (Brassicaceae) oilasi: Karamdoshlar oilasi 380 ta turkum va 3200 tadan ortiq turga ega. Harakterli belgisi gullari krestga o'xshaydi. Gul-kosachasi 4 ta, gultoji 4 ta, changchisi 6 ta. Bu oilaga mansub oʻsimliklarda glikozid-lar, alkoloidlar va boshqa moddalar bor. Ayrim turla-rida yurak glikozidlari uch-raydi. urugʻida bakteroitsid-lik xususiyati bor.
- Efemerlar: Efemerlar - ba’zida bir qancha hafta yoki bir necha kun davom etuvchi qisqa hayotiy siklga ega bir yillik oʻsimliklardir. Ko’pgina efemer boʻlmagan oʻsimliklar ham qisqa rivojlanish sikliga ega boʻlib, yozga moslashgandir. Efemerlarni aniqlash, vegetatsiyaning davomiylik belgilari oʻrganish asosida, hayotiy shakllarning rivojlanish xususiyatlariga e'tibor beriladi.