Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi
Ushbu kitob avtomobil transport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash jarayonlarini tashkil etishga bag'ishlangan. Unda, transport vositalarining turli tizimlari va agregatlariga texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash va texnologik jarayonlarni tashkil etish masalalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi fanining predmeti, vazifalari va manbalari: Avtomobil sanoati va transportining rivojlanishi, "Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi" fanining vazifalari va manbalari.
- Avtomobillarning texnik holati va ishlash qobiliyatini ekspluatatsiya jarayonida o'zgarishi: Ekspluatatsiya jarayonida avtomobilning texnik holatining o'zgarishi tasnifi, avtomobilning texnik holatni ishlash davriga qarab o'zgarishi va ularning ishonchlilik ko'rsatkichlari.
- Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash tizimi: Rejali-ogohlantiruvchi tizimning vazifalari va asoslari, "Avtomobillarga TXK va ta'mirlash xaqida nizom", avtomobillarga servis kitobchasi bo'yicha xizmat ko'rsatish.
- Avtomobil kuzovi va kabinasiga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Avtomobillar bo'yicha bajariladigan yig'ishtish-tozalash ishlari, avtomobillarni yuvish ishlari va usullari, ATKda ishlatilgan suvdan qayta foydalanish, avtomobillarni quritish ishlari texnologiyasi, avtomobillarning kuzov va kabinalarini ta'mirlash ishlari texnologiyasi.
- Avtomobil dvigateliga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Krivaship-shatun (KSHM) va gaz taqsimlash (GTM) mexanizmlarida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari, dvigatelni nazorat-qarov va diagnostika ishlari texnologiyasi, KSHM va GTM bo'yicha bajariladigan TXK ishlari, KSHM va GTM bo'yicha ta'mirlash ishlari.
- Avtomobil dvigatelning sovitish va moylash tizimiga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Sovitish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari, sovitish tizimiga TXK va JT ishlari texnologiyasi, moylash tizimida uchraydigan nosozliklar ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari, moylash tizimiga TXK va JT ishlari texnologiyasi.
- Avtomobil yonilg'i ta'minlash tizimiga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Korbyuratorli motorlarning yonilg'i ta'minot tizimi, dizel motorining ta'minlash tizimi (TT), gaz ballonli motorning (GBM) ta'minlash tizimi.
- Avtomobil elektr jihozlariga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Akkumulator batareyalarida (AKB) uchraydigan asosiy nosozliklar va uning alomatlari, AKB ga TXK va T texnologiyasi, dvigatelning o't oldirish tizimidagi uchraydigan asosiy nosozlik-lar va ularning alomatlari, dvigatelning o't oldirish tizimiga TXK va T texnologiyasi, elektr jihozlarida uchraydigan nosozliklar va ularning alomatlari.
- Avtomobil transmissiyasiga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Transmissiyadagi asosiy agregatlar bo'yicha uchraydigan nosozliklar va ularning alomatlari, Transmissiya agregatlarini diagnostikalash, TXK va joriy ta'mirlash ishlari texnologiyasi.
- Avtomobil boshqarish mexanizmlariga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Rul boshqarmasida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari, ularga diagnoz qo'yish, sozlash, moylash va mahkamlash ishlarini bajarish texnologiyasi, to'xtatish tizimi, uning turlari, uchraydigan asosiy nosozliklari va ularning alomatlari.
- Avtomobil yurish qismiga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Yurish qismida uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari, yurish qismiga TXK ishlari texnologiyasi, shinalarga TXK texnologiyasi, shinalarni ATK sharoitida ta'mirlash texnologiyasi.
- Avtomobillarga TXK va ta'mirlash ishlari texnologik jarayonini tashkil etish: Texnik sharoitlarga asosan ma'lum bir ketma-ketlikda ish va operatsiyalarni bajarishga texnologik jarayon deyiladi. TXK va JT texnologik jarayonini amalga oshirishdan maqsad avtomobillarni texnik tayyor holatda ushlab turishdan iborat.
- Turli tabiiy-iqlim sharoitlarida avtomobillardan foydalanishni ta'minlash: Avtomobillardan har xil iqlim sharoitida foydalanishda, uning ishlash qobiliyatiga va mustahkamlik ko'rsatkichlarini o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar, avtomobillarni ishlash sharoitiga moslashtirish, sovuq iqlim sharoitida avtomobillarni saqlash va saqlash anjomlaridan foydalanishning samarali usullari.
- Ixtisoslashtirilgan xarakatdagi qismga TXK va ta'mirlashning o'ziga xos xususiyatlari: Ixtisoslashgan xarakatdagi qismni mahsus jihozlariga TXK va T tizimi. O'zi ag'dargich, ko'tarish mexanizmlari, furgon, avtotsisterna va refrejeratorlarga TXK va JT.
- Avtotransport korxonalarida moddiy-texnika ta'minoti: ATK larda moddiy texnik ta'minoti xizmati vazifalari, ehtiyot qismlar va materiallarni me'yor bo'yicha rejalash, ATK ni yonilg'i va boshqa energiya resurslari bilan ta'minlash, suyuq yonilg'ini tashib kelish, saqlash va tarqatish, yonilg'i sarfini me'yorlash.
- Avtomobil transportini atrof muhitga, aholiga va ishlovchilarga me'yoriy ta'sirini ta'minlash: Avtomobil tarsportini ekologikligi haqida tushuncha. Avtomobil transportini aholiga, ishlovchilarga va atrof muhitga zararli ta'siri, ATK da avtomobillarni chiqindi gazlarini zararligini kamaytirish borasidagi ishlarni tashkil qilish, shovqin.