Fizika kursi
Ushbu kitob "Fizika Kursi" O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tuzilgan bo'lib, I-QISM mexanika va molekulyar fizika bo'limlaridagi asosiy tushunchalarni o'z ichiga olgan. Qo'llanma texnika va kasb ta'limi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining ilmiy uslubiy kengashida muhokama qilinib o'quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan. Kitobda har bir mavzu qisqacha, ammo tushunarli tilda bayon qilingan va nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun savollar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Moddiy nuqta kinematikasining elementlari: Sanoq sistemasi, ko'chish, tezlik, tezlanish, tekis va notekis harakatlar, egri chiziqli harakatdagi kinematik kattaliklar.
- Ilgarilanma harakat dinamikasi: Nyuton qonunlari, mexanik kuchlar (ishqalanish, gravitatsiya, markazga intilma), impuls va uning saqlanish qonuni.
- Energiya - harakat va o'zaro ta'sirlarning universal o'lchovi: Mexanik ish, quvvat, kinetik va potensial energiya, Yerning tortishish maydoni, mexanik energiyaning saqlanish qonuni, elastik va noelastik urilishlar.
- Qattiq jismlarning aylanma harakati: Aylanma harakat kinematikasi, kuch momenti, impuls momenti, aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi, inersion moment, kinetik energiya.
- Noinertsial sanoq sistemalarida jismning harakati: Noinertsial sanoq sistemalari, inersion kuchlar (markazdan qochma, Koriolis kuchi).
- Suyuqliklar mexanikasi: Uzluksizlik tenglamasi, Bernulli tenglamasi, qovushqoqlik, laminar va turbulent oqimlar, jismlarning suyuqlik va gazlardagi harakati.
- Nisbiylik nazariyasi elemeitlari: Galiley va Lorents almashtirishlari, relyativistik dinamikaning asosiy qonuni, energiya va massa orasidagi bog'lanish.
- Tebranishlar va to'lqinlar: Garmonik tebranishlar, mayatniklar, tebranishlar va tashqi kuchlar, mexanik to'lqinlar.
- Gazlarda molekulyar kinetik nazariyaning asoslari: Ideal gaz, molekulyar kinetik nazariya, Mendeleev-Klapeyron tenglamasi, izojarayonlar.
- Termodinamikaning birinchi bosh qonuni: Termodinamik usul, gaz hajmining o'zgarishida bajarilgan ish, issiqlik miqdori.
- Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlarga tadbiqi: Ichki energiya, izojarayonlarda bajarilgan ish, ideal gazning issiqlik sig'imi.
- Termodinamikaning birinchi qonunining adiabatik jarayonlarga tadbiqi: Adiabatik jarayonlar, Puasson tenglamasi, adiabatik jarayonda bajarilgan ish, politropik jarayonlar.
- Gazlarda ko'chish hodisalari: Gazlarda diffuziya, issiqlik o'tkazuvchanlik, qovushqoqlik.
- Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni: Isitkich mashinalar, Karno tsikli, entropiya.
- Real gazlar: Molekulalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari, van-der-Vaals tenglamasi, eksperimental izotermalar, ichki energiya.