Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida didaktik tamoyillarni amalga oshirish usullari
Ushbu kitob defektologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan bo‘lib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya jarayonida didaktik tamoyillardan foydalanish usullarini o‘rganadi. Unda surdopedagogika, kar bolalar maktabi didaktikasi, ta’lim tamoyillari, ularning mazmuni, kar bolalarni o‘qitish metodlari, shuningdek, kar bolalarning tafakkurini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Kitobda mutafakkirlarning pedagogik qarashlari, ta’lim mazmunini takomillashtirish, o‘quv rejalari, darsliklar tahlili, va amaliy mashg‘ulotlar haqida ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Kar bolalar maktabi didaktikasi: Surdopedagogikaning asosiy maqsad va vazifalari, kar bolalar maktabining o'quv rejasi, o'quv dasturlari, darsliklar tahlili, karlar maktabida ta'lim samaradorligini oshiruvchi didaktik tamoyillar va ularning mazmuni.
- Kar bolalar shaxs sifatida shakllanishida didaktik tamoiyllarning o'rni: Kar bolalar ta'lim-tarbiyasi samaradorligini oshirishda didaktik tamoyillarning o'zaro mutanosibligi, kar bolalar eshitish idrokini rivojlantirishda didaktik tamoiyllarning vazifasi, kar bolalar tafakkurini shakllantirishda didaktik tamoiyllardan samarali foydalanish yo'llari.
- Umumiy pedagogika tamoyillari: Ilmiylik, onglilik va faollik, tushunarlilik, ko'rgazmalilik, puxtalik, yakka yondashuv, izchillik va muntazamlilik, nazariyani amaliyot bilan bog'liqlik.
- Maxsus didaktik tamoyillar: O'qitishning korreksion yo'nalishi, fan asoslariga o'qitishni so'z nutqini rivojlantirish bilan birgalikda olib borish, eshitish idrokini jadal ravishda rivojlantirish, fan- amaliy faoliyatga tayanish, nutqiy muloqotni jadallashtirish.