Буғдой донини тозалаш ва сақлаш технологияси
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida g'alla yetishtirishning dolzarbligi, qishloq xo'jaligini rivojlantirishda yangi texnologiyalarning ahamiyati, donchilik sohasidagi islohotlar, fermer xo'jaliklarining roli, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalalari haqida. Kitobda bug'doyni yetishtirish, tozalash, saqlash texnologiyalari, shuningdek, donni qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish yo'llari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ishda atrof-muhitni muhofaza qilish, texnik xavfsizlik choralari va iqtisodiy samaradorlik masalalari ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Bug'doy yetishtirish texnologiyasi: Bug'doyning tuproqqa, namlikka, ozuqa unsurlariga talabi, ekish muddatlari, urug'ni tayyorlash, ekish usullari, o'g'itlash, ekinlarni parvarish qilish, zararkunandalarga qarshi kurash choralari.
- Donni tozalash texnologiyasi: Don massasini tozalashning ahamiyati, tozalash sexemasi, tozalash mashinalari (separatorlar, skalperatorlar, trierlar), ularning ishlash prinsiplari, mashinalarni tanlash va hisoblash.
- Donni saqlash texnologiyasi: Donni saqlashning ahamiyati, donni qabul qilish, vaqtinchalik saqlash, don korxonalariga tashish, saqlash tartibi va usullari (quruq holda saqlash, sovutilgan holda saqlash, havosiz joyda saqlash), omborxonalar tarifi, donni joylashtirish va kuzatish.
- Maxsulotlarni saqlashda isrofgarchilikka qarshi kurash: Isrofgarchilik turlari (miqdoriy va sifat), ularning sabablari, isrofgarchilikni kamaytirish yo'llari.
- Korxona iqtisodiy samaradorligi: Donni tozalash va saqlash jarayonining iqtisodiy samaradorligini baholash, kapital mablag'larni hisoblash, ishlab chiqarish xarajatlari, rentabellik, o'zini o'zi qoplash muddati, fond samaradorligi.
- Mehnat muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish: Korxonalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari, shovqin va changga qarshi kurash choralari, chiqindi suvlarni tozalash, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari.