Lоyixalash jarayonlarini avtоmatlashtirish asоslari

Ushbu kitob "Loyiha yaratish jarayonlarini avtomatlashtirish"ga bag’ishlangan bo’lib, unda AutoCAD dasturida ish jarayonini tashkil qilish, 2D va 3D shakllarni yaratish, avtomatlashtirish va loyihalash usullari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari: Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishning asosiy vazifalari, printsiplari va metodlari,avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) ning o'rni va ahamiyati.
  • ALTning texnikaviy ta'minoti: ALTning texnikaviy ta'minlanishi, uning tarkibi, EHM va HM haqida ma'lumotlar, operatsion tizimlar va ularning xususiyatlari.
  • ALTning dasturiy ta'minoti: ALTning dasturiy ta'minoti, matematik ta'minot, umumtizimli va amaliy dasturlar, til vositalari.
  • ALTda dialogni tashkil qilish: ALTda foydalanuvchi bilan interaktiv muloqotni tashkil etish, grafika tizimlari, ma'lumotlarni qayta ishlash tartibi.
  • AutoCAD tizimi haqida ma'lumotlar: AutoCAD tizimining interfaysi, buyruqlarni kiritish usullari, rasmli fayllar ustida amallar, o'lcham birliklari, koordinatalar tizimi, primitivlar xossalari, ekranni boshqarish, ob'ektlarni qurish.
  • MathCAD interfeysi: Mathcad strukturasi, bosh menyusi, formulalar va hisoblashlarni soddalashtirish uchun amallar.
  • MathCAD da tenglamalar va tenglamalar tizimlarini yechish: Mathcad da chiziqli va algebraik tenglamalar sistemasini yechish usullari.