Falsafa

Ushbu kitob falsafaning mohiyati, asosiy yoʻnalishlari, qonuniyatlari va kategoriyalarini keng yoritadi. Shuningdek, unda jahon falsafasi tarixi, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy qarashlari, global muammolar falsafasi va boshqa muhim mavzular oʻrin olgan.

Asosiy mavzular

  • Bilish falsafasi: Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini oʻrganish falsafa tarixida muhim oʻrin egallaydi. Inson oʻz bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, oʻz-oʻzini oʻzgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega.
  • Ontologiya: Borliq haqidagi ta'limot. Faylasuflarning qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yoʻqlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida koʻplab asarlar yozishgan. Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya'ni eng mayda zarrachalardan tortib to Er, Quyosh, Koinotgacha barchasi doimo harakatda, oʻzgarish va rivojlanishdadir.
  • Falsafiy uslublar, qonunlar va kategoriyalar: Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, oʻzgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o'tib turishi, rivojlanishi, ular o'rtasidagi aloqadorlik va oʻzaro ta'sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar oʻrtasida turli bahs, munozara, tortishuvlarga sabab boʻlgan. Barcha jarayonlar o'z qonuniyatlariga ega.
  • Jamiyat va inson falsafasi: Insoniyat azal-azaldan jamoa boʻlib yashaydi. Er sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Inson ta'lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar, siyosiy g'oya, milliy mafkura kabi omillar ta'sirida yashaydi, ularni oʻzlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi.
  • Global muammolar falsafasi: Odamzod nasli XX asrning ikkinchi yarmida shunday muammolar domiga tortildi-ki, endilikda ularning iskanjasidan qutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Aholi tabiiy oʻsishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, fan va texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yo'lida foydlanishga roʻju qilinishi va bir qator mintaqalarda murakkab ekologik vaziyatning vujudga kelishi masalani chigallashtirib yubordi.