Ayrim matematik fizika masalalarining echilishi
Ushbu kitob matematik fizika tenglamalarining xususiy hosilali differensial tenglamalariga bag'ishlangan bo'lib, ularni kanonik ko'rinishga keltirish va umumiy yechimini topishga oid ma'lumotlar berilgan. Elektron qo'llanma HTML tilida yaratilgan bo'lib, turli oliy o'quv yurtlarida matematika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Matematik fizika masalalarining doirasi, ularning fizik, mexanik, texnik va biologik jarayonlar bilan bog'liqligi. Differensial tenglamalarga keladigan masalalarni tekshirish. Integral tenglamalar usuli va chiziqli integral tenglamalar nazariyasi. Tenglamalarni yechish usullari, jumladan, o'zgaruvchilarni ajratish va integral almashtirishlar. Kompyuter texnologiyalarining ahamiyati va matematik masalalarni yechishda kompyuter dasturlaridan foydalanish.
- Masalaning qo'yilishi: Elektron qo'llanmani yaratish, yangi texnologiyalardan foydalanish, ovozli o'qishni amalga oshirish va ma'ruzalar uchun namunaviy masalalarni yechish dasturini tuzish.
- Masalani yechish: Uzoqdan masofadan o'qitish tizimlari, kompyuter tarmoqlarining xizmati. MACROMEDIA DREAMWEAVER8 vizual redaktorida HTML tilidan foydalanish. PHP, JAVA SCRIPT tillaridan foydalanish va web sahifani internetga joylashtirish. HTML tili haqida ma'lumotlar, teglar va ularning vazifalari.
- Xulosa: Kurs ishining asosiy mazmuni, xususiy hosilali differensial tenglamalarni kanonik ko'rinishga keltirish va umumiy yechimini topishga oid mashqlar. Kurs ishining davomi sifatida matematik fizika tenglamalari kursining giperbolik, elliptik, parabolik va aralash tipdagi tenglamalar va ularning yechimlarini topish haqida ma'ruzalar tayyorlash.