Биокимё
Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida tayyorlangan bo'lib, biologiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Qo'llanmada bioximiya fanining asosiy tushunchalari, molekulyar tuzilishi, oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar, uglevodlar va lipidlar kabi muhim hayotiy biomolekulalar haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob zamonaviy pedtexnologiya tizimiga asoslangan holda tuzilgan bo'lib, unda talabalarning mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar va har bir mavzu oxirida fanda yechimini kutayotgan ilmiy muammolar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Bioximiya fanining predmeti va vazifalari: Bioximiya fanining predmeti, vazifalari, tadqiqot uslublari, biologiya fanlari bilan aloqasi, rivojlanish tarixi va O'zbekiston olimlarining bioximiya faniga qo'shgan hissasi.
- Oqsillar: Oqsillar kimyoviy tarkibi, vazifalari, aminokislotalar, oqsil molekulasining tuzilishi, sinflanishi, fizik-kimyoviy xossalari va oqsillarni o'rganish usullari.
- Fermentlar: Fermentlarning ahamiyati, kimyoviy tabiat, kataliz hodisasi, fermentativ reaksiyalarga ta'sir qiluvchi omillar, fermentlardagi markazlar, kofermentlar, ta'sir qilish yuritmasi, izofermentlar, sinflanishi, hujayrada joylanishi va yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladigan patologik jarayonlar.
- Nuklein kislotalar: Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi, ahamiyati, nukleozid va nukleotidlar, siklik nukleotidlar, ДНК tuzilishi va turlari, ДНКning replikatsiyasi, РНК turlari va ahamiyati, Transkripsiya jarayoni.
- Uglevodlar: Uglevodlar va ularning ahamiyati, sinflanishi, monosaxaridlar va polisaxaridlar tuzilishi va xossalari, glikoproteid va glikopeptidlar.
- Lipid va lipoidlar: Lipid va lipoidlarning biologik ahamiyati, sinflanishi, tuzilishi, xossalari, tabiatda tarqalishi, yog' kislotalari, triglitserid, fosfolipid, tserebrozid, sterin, steroid va mumlar, yog'da va suvda eruvchi vitaminlar, biologik membranalar va ularning funksiyalari.
- Bioenergetika: Biologik oksidlanish, nafas olish zanjiri, oksidlanishli fosforlanish va uning yuritmasi, fosforlanish turlari, makroerg birikmalar, nukleozid fosfatlar, kreatinfosfat, atsil koenzim A.
- Uglevodlar almashinuvi: Uglevodlarning oshqozon va ichak yo'lida almashinuvi, anaerob va aerob parchalanishi, pirouzum kislotasining oksidlanishi va dekarboksillanishi, Krebs sikli, glikoliz, achish turlari, glikogen sintezi va parchalanishi, uglevod almashinuvining fiziologik aspektlari.
- Yog' kislotalarining almashinuvi: Yog'larning to'qimalarda parchalanishi, Knopp sikli (beta-oksidlanish), yog'larning to'qimalarda sintezi, yog' kislotalari va glitserin sintezi, fosfolipidlar sintezi va parchalanishi.
- Oqsillar almashinuvi: Oqsillarning oshqozon-ichak yo'lida parchalanishi, aminokislotalarning parchalanishi va sintezi, transaminlanish va dekarboksillanish jarayonlari, siydikchil sintezi, jigar detoksikatsiyasi, oqsil va aminokislotalar almashinuvining patofiziologiyasi.
- Modda almashinuvining boshqarilishi: Gormonlar, steroid va oqsil tabiatli gormonlar ta'sir mexanizmlari, neyromediatorlar, oqsil, uglevod, nuklein kislota va yog'lar almashinuvining o'zaro bog'liqligi.