Tarix o'qitish metodikasi

Ushbu kitob "Tarix o'qitish metodikasi" fanining asosiy jihatlarini qamrab olgan bo'lib, O'zbekiston va jahon tarixini o'qitish metodlarini, ta'lim-tarbiya jarayonining tashkiliy shakllarini, zamonaviy metodika va texnologiyalarni o'rganishga bag'ishlangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Tarix o'qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari: O'qitish metodikasining fanga kiritilishi, tarixi, rivojlanishi, fanning tarkibiy qismlari va ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o'rni. O'zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi respublikamizda tarix o'qitishni milliy asosga qurishni talab etadi. Tarix o'qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan bo'lib, u o'quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni milliy istiqlol g'oyasi ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda o'rta ta'lim va o'rta maxsus ta'lim tizimida o'qitiladigan tarix kursining maqsadini, ta'lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod va usullarini hamda tarix o'qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi.
  • Tarix o'qitishning tashkiliy shakllari. Dars, uning turlari va tuzilishi: Dars o'quv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli ekanligi, zamonaviy tarix darsi va unga qo'yiladigan talablar, tarix darslari mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishi, hamda dars turlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Tarix o'qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi: O'qitish metodlari va usullari, tarix o'qitish metodlari klassifikatsiyasi va ko'rgazmali metodlar haqida tushunchalar beriladi.
  • Tarix darsining didaktik asoslari: Ta'lim vositalari - tarix bilimlari manbai, o'quv metodik komplekslar mazmuni, ta'limning didaktik vositalari, darslik matni ustida ishlash kabi masalalar yoritiladi.
  • Tarix o'qitish jarayonida o'quvchilarning rivojlanishi va kamol topishi: Tarix o'qitish jarayonida o'quvchilarning ko'nikma va malakalarini hosil qilish, ko'nikma va malakalarini hosil qilishda kurslararo predmetlarning roli, maktabda tarix o'qitishning tarbiyaviy xarakteri va o'quvchilarning kamol topishida tarix fanining ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Tarix darslarida Prezident I.A. Karimov asarlaridan foydalanish metodlari: Prezident I.A.Karimov asarlari tarix fanlarini o'qitishda va ta'lim – tarbiya samaradprligini oshirishning muhim omili ekanligi, Vatanparvarlik va milliy qadriyatlar tarbiyasining mazmun mohiyati va ulardan ta'limda foydalanish yo'llari ko'rsatilgan.
  • Tarix darslarida tarixiy manbalardan, badiiy va boshqa adabiyotlardan foydalanish: Dars jarayonida tarixiy manbalardan foydalanish, tarix darslarida badiiy adabiyotlardan foydalanish, adabiyotlar tasnifi, tarixiy-badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni o'zlashtirishdagi ahamiyati va o'qitish metodlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Tarix bo'yicha sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar: Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning ahamiyati, sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, forma va metodlari, tarix to'garaklari, konferentsiyalar, tarixiy kechalar va tashqari olib boriladigan ishlarning tashkil etilish masalalari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Tarix darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish: Pedagogik texnologiya mohiyati va muammolari, pedagogik texnologiya loyihalari, tarix o'qituvchisi faoliyatining texnologiyalanuvchanligi, didaktik jarayon loyixasining interfaol metodlari va pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyasi: o'zaro bog'liqligi va farqi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Tarix darslarida o`quvchilarning bilim, malaka va ko`nikmalarini hosil qilish hamda baholash: Ko'nikma va malakalarni hosil qilish usullari, qadimgi dunyo va o'rta asrlar tarixi darslarida ko'nikma va malakalarni hosil qilish, ko'nikma va malakalarni hosil qilishning ahamiyati kabi ma'lumotlar berilgan.