Миллий ғоя: асосий тушунча ва тамойиллар

Ushbu oʻquv-uslubiy majmua Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalar uchun moʻljallangan. Majmua "Milliy gʻoya: asosiy tushuncha va tamoyillar" fanining oʻquv dasturi asosida tuzilgan boʻlib, unda fan boʻyicha maʼruzalar toʻplami, seminar mashgʻulotlari ishlanmalari, mustaqil ish topshiriqlari va tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati keltirilgan. Majmua matnlari zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda dars maqsadlari va vazifalari, mavzular boʻyicha muammoli savollar va nazorat topshiriqlarini oʻz ichiga oladi. Har bir mavzu yakunida fanning dolzarb ilmiy muammolari koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Milliy g'oya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari: Milliy g'oyaning jamiyat va inson hayotidagi o'rni, fanning bahs mavzusi, asosiy funksiyalari va vazifalari.
  • G'oya va mafkura tushunchalarining mohiyat-mazmuni: G'oya tushunchasining falsafiy tahlili, mafkuraning tarixi va turlari, jamiyat taraqqiyotida g'oya va mafkuralarning o'rni.
  • Tarixiy taraqqiyot: g'oyaviy-mafkuraviy jarayonlar: Insoniyat taraqqiyotida g'oya va mafkuralarning namoyon bo'lish shakllari, buzykodor va vayronkor g'oyalarning oqibatlari.
  • Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi va globallashuv jarayonlar: Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy oqibatlari, mafkuraviy jarayonlar.
  • O'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat va taraqqiyotning o'zbek modeli: O'zbek modelining o'ziga xos xususiyatlari, jamiyatning asosiy tamoyillari, jahondagi o'rni va nufuzining oshib borishi.
  • Mustaqillik va mafkuraviy muammolar: g'oyaviy bo'shliq va zararli g'oyalarning jamiyatga ta'siri: Mustaqillikni mustahkamlash va mafkuraviy jarayonlar, g'oyaviy bo'shliq tushunchasi, mafkuraviy immunitet va profilaktika.
  • Milliy g'oyaning mohiyati, asosiy tamoyillari: Milliy g'oya tushunchasi, milliy istiqlol mafkurasining ildizlari, maqsadlari va vazifalari.
  • Milliy g'oyaning yoshlar ongiga singdirish sohalari va yo'nalishlari: Mafkuraviy tarbiya tushunchasi, yoshlarni g'oyaviy tarbiyalashning zaruriyati, aholining turli qatlamlarini g'oyaviy qurollantirish omillari.