Материаллар қаршилиги

Ushbu kitob materiallar qarshiligi fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, mashinasozlik va qurilish sohalarida mustahkamlik, bikrlik va barqarorlikni ta'minlash masalalarini qamrab oladi. Unda materiallarning xususiyatlari, kuchlanish va deformatsiyalarni hisoblash usullari, hamda konstruktsiyalarning mustahkamligini baholash mezonlari ko'rsatilgan. Kitob talabalarga fanni o'zlashtirishda yordam berishga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Materiallar qarshiligi faniga kirish: Fanning asosiy tushunchalari, vazifalari, boshqa texnika fanlari bilan bog'liqligi, qo'llaniladigan asosiy prinsiplar va farazlar. Materiallar qarshiligida qabul qilingan asosiy prinsip va farazlar, konstruksiya elementlarining oddiy turlari.
  • Tekis shakllarning geometrik tavsifnomalari: Tekis shakllar yuzalarining geometrik xarakteristikalari, statik momentlar, inersiya momentlari, markaziy o'qlar, murakkab shakllarning inersiya momentlarini aniqlash usullari.
  • Cho'zilish va siqilish: Markaziy cho'zilish va siqilish tushunchasi, bo'ylama kuchlarni aniqlash, kuchlanish va deformatsiyalar, Guk qonuni, Puasson koeffitsiyenti, mustahkamlik sharti. Nuqtaning kuchlanish va deformatsiya holatlari.
  • Burilish: Buralishda hosil bo'ladigan kuchlanishlar, kuchlanishlarni hisoblash va valning mustahkamlik shartlari, valning deformatsiyasi, qutb inersiya momenti.
  • To'g'ri sterjenlarning egilishi: Sof egilish, ko'ndalang egilish, tekis egilish, tayanch reaksiyalari, ichki zo'riqish kuchlar, balka kesimlarida normal kuchlanishlarni aniqlash, balkaning mustahkamlik sharti. Statik noaniq ramalarni hisobi.
  • Murakkab qarshilik: Umumiy holda yuklangan sterjen, sterjenning murakkab deformatsiya holatining ko'rinishlari, mustahkamlik nazariyalari, konstruksiyalarining uumumiy elementlarini hisoblash.
  • Siqilgan sterjenlarning ustivorligi: Muvozanatning ustivor va noustivor shakllari to'g'risida tushuncha, bo'ylama egilish, ustivorlikni yo'qotish oqibatlari, markaziy siqilgan sterjen uchun kririk kuchni aniqlash.
  • Yuklanishlarning dinamik ta'siri: Konstruksiyalar va mashina qismlariga ta'sir etuvchi dinamik kuchlarning turlari, tebranishlar, dinamik koeffitsient, dinamik kuchlanishlar.