Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Ushbu kitob avtomobil texnik xizmati va ta'mirlash texnologiyasi bo'yicha ma'lumotlarni o'z ichiga oladi, jumladan, turli xil avtomobillar uchun texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashning texnologik jarayonlari, tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Avtotransport tarmog'i korxonalari (ATK): ATKning vazifalari, turlari (yuk, yo'lovchi, aralash), tuzilishi va texnik bazasi haqida ma'lumotlar beriladi. Ularning vazifalari harakatlanuvchi tarkibni saqlash, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash, ehtiyot qismlar bilan ta'minlash va transport ishlarini amalga oshirishdan iborat.
  • TXK va JT texnologik jarayoni: TXK va JT texnologik jarayonining ishchi postlarida va ish o'rnilarida bajarilishi, texnologik jarayonni to'g'ri tashkil qilish, kam mablag' sarflashni, mehnat xavfsizligini va ishchilar malakasini oshirish usullari muhokama qilinadi.
  • Maxsuslashtirilgan harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko'rsatish: Ushbu mavzuda o'zi yuklovchi avtomobillarga, avtofurgon va avtosisternalarga va refrejeratorlarga TXK va T ishlari texnologiyasi, TXK va Tda qo'llaniladigan jihozlar bilan yaqindan tanishamiz.
  • Ekstremal iqlim sharoitlarida avtomobillardan foydalanishni taminlash: Ekstremal iqlim sharoitlarida transport vositalarini ishlash qobilyatiga ta`sir etuvchi omillar. past haroratlarda transport vositalarini Ekspluatatsiya qilish. Ekstremal iqlim sharoitlarida transport vositalarini texnik Ekspluatatsiyasi va transport jarayonini samaradorligini oshirish usullari
  • ATKlarida Moddiy-texnika ta`minoti: Material-texnik ta`minotini asosiy vazifalari. Transport vositalarini ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta`minlash. Avtotransport korxonalarida ehtiyot qismlarni saqlashni ta`minlashni tashkil etish va boshqarish. Suyuq yonilg`i, suyultirilgan va siqilgan gazlarni, moylash materiallarini, shinalarni tashish, saqlash va tarqatish. Yonilg`i-moylash materiallarini tejash yo`llari.
  • Avtomobillarni atrof-muhitga, aholiga va Ishlovchilarga me'yoriy ta'sirini ta'minlash: Transport vositalarini ekologikligi haqida tushuncha. Transport vositalarini aholiga, atrof-muhitga salbiy ta`siri. Transport vositalarini texnik holatini ekologiyaga ta`siri. Benzinli dvigatellarda chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish usullari.