Avtоtranspоrt tarmоg’i kоrxоnalarini lоyihalash
Ushbu o'quv qo'llanma avtotransport korxonalarini loyihalash, texnik xizmat ko'rsatish, joriy ta'mirlash mintaqalarini hisoblash, ishlab chiqarish ustaxonalarining maydonini aniqlash, omborxona va saqlash joylarini rejalashtirish masalalarini o'z ichiga oladi. Qo'llanmada texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni aniqlash va korxona ishlab chiqarish negizini tahlil qilish usullari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Avtotransport korxonalarini texnologik loyihalash asoslari: Avtotransport korxonalarining turlari, vazifalari, ishlab chiqarish texnika negizi va ularni loyihalash tartibi. Avtomobilsozlik sanoati va avtomobil transportining rivojlanishi.
- Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlab chiqarish dasturini hisoblash usullari: Texnik xizmat ko'rsatish davriyligi, avtomobil resurs yo'lini aniqlash, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash sonini hisoblash usullari.
- Texnik xizmat va joriy ta'mir ishlarini tashkil qilish usullarini tanlash: Ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalarining ish tartibini tanlash, avtomobillarning yo'lga chiqish va qayta jadvalini tuzish, texnik xizmat ko'rsatish usulini tanlash.
- Texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mirlash mintaqalarini hisobi va ularni rejalashtirish: Kundalik xizmat ko'rsatish mintaqasining hisobi, 1-TXK, 2-TXK mintaqalarini hisobi, diagnostika mintaqalari hisobi, joriy ta'mir mintaqasini hisoblash.
- Texnik xizmat mintaqalari, ishlab chiqarish ustaxonalari va omborxonalar maydonini hisoblash: Texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mirlash mintaqalari maydonini hisoblash, ishlab chiqarish ustaxonalari maydonini hisoblash, omborxonalar va avtomobillarni saqlash joylari maydonini hisoblash.
- Avtotransport korxonalarining bosh tarxini rejalashtirish: Avtotransport korxonalarining bosh tarxini rejalashtirishda loyihalash yechimlariga qo'yiladigan talablar, funktsional shakli va chizmasi, asosiy ko'rsatkichlar.
- Ishlab chiqarish binosini rejalashtirish: Ishlab chiqarish binolarining hajmiy-rejalashtirish yechimlari, ustaxonalar va omborlarni o'zaro joylashtirish talablari, rejalashtirish tartibi.
- Avtomobillarni saqlash mintaqasini rejalashtirish: Saqlash mintaqalarining turlari, avtomobillarni joylashtirish usullari, saqlash joylarining geometrik o'lchamini aniqlash.
- Loyihalarni texnik-iqtisodiy baholash: Avtotransport korxonasi loyihasining texnologik yechimlarining sifati ko'rsatkichlari, texnik iqtisodiy ko'rsatkichlarni aniqlash, korxona ishlab chiqarish texnika negizini taxlili.