Иқтисодиётни модернизациялаш шароитида пахта ишлаб чиқариш самарадорлигини ошириш (Оқдарё тумани мисолида)

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida qishloq xo'jaligini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, paxtachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari, resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish kabi muhim vazifalarni o'z ichiga oladi. Kitobda agrar islohotlar, resurslar salohiyati, mahsulot tannarxini pasaytirish, hosildorlikni oshirish, texnologiyalarni qo'llash kabi mavzular tahlil qilinadi va ularning samaradorlikka ta'siri ko'rsatiladi.

Asosiy mavzular

  • Qishloq xo'jaligida resurslar salohiyati va ulardan foydalanish samaradorligi: Yer, suv va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, ularning sifatini yaxshilash, hosildorlikni oshirish, irrigatsiya va melioratsiya ishlarini to'g'ri tashkil etish, yangi texnikalar va texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko'rib chiqiladi.
  • G'allachilikda ishlab chiqarish samaradorligining hozirgi holati tahlili: Ishlab chiqarish samaradorligining tushunchasi, turlari, mezoni, ko'rsatkichlari va ularni hisoblash usullari, g'allachilikda ishlab chiqarish samaradorligining hozirgi holati tahlili, rentabellikning omilli tahlili.
  • Paxtachilikda mahsulot ishlab chiqarishda foydaning omilli tahlili: Sotilgan paxta mikdorining, mahsulotning bahosi va tannarxining foydaga tasiri omillar yoritilgan.
  • Qishloq xo'jalik korxonalarida paxta ishlab chiqarishda mehnat faoliyati xavfsizligi: Ish joylarida xavfsizlikni taminlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish bo'yicha choralar, texnik xavfsizlik qoidalari, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tartibi va boshqa masalalar ko'rib chiqiladi.