Деҳқончилик илмий изланиш асослари билан
Mazkur kitob Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanini o'rganishda qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq materiallar keltirilgan. Kitobda fanning maqsadi, vazifalari, asosiy qonuniyatlari, tuproq unumdorligi, begona o'tlarga qarshi kurash choralari, almashlab ekish, dehqonchilik tizimi, ilmiy izlanishlar olib borish uslublari kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari: Fanning maqsadi, vazifalari, ob'ektlari va usullari. Dehqonchilik qonuniyatlari, o'simliklarning hayot faoliyati, begona o'tlar, almashlab ekish, ilmiy izlanishlar olib borish usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Tuproq unumdorligi: Tuproq unumdorligi, madaniyligi, strukturasi va haydalma qatlam tuzilishi. Tuproqning suv, havo, issiqlik va oziq rejimlari hamda ularni boshqarish usullari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Begona o'tlar: Begona o'tlar, ularning zarari va biologik xususiyatlari, biologik guruhlari va hisobga olish usullari, ularga qarshi kurash choralari bayon etilgan.
- Yerga ishlov berish: Yerga ishlov berish, haydash usullari va sifati. Yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov berish, qishloq xo'jalik ekinlarini ekish usullari keltirilgan.
- Almashlab ekish: Almashlab ekish, dehqonchilik tizimi. Dehqonchilik tizimining tarkibiy qismlari, almashlab ekish maydonlari va tizimlarini tashkil qilish haqida ma'lumotlar mavjud.
- Ilmiy agronomiyaning usullari: Ilmiy izlanish asoslari. Ilmiy agronomiyaning usullari. Dala tajribasi va uning xususiyatlari, dala tajribasini o'tkazish sharoitlari, dala tajribasi uslubiyati bayon etilgan.
- Tadqiqot natijalariga ishlov berish: Dala tajribasini qo'yish va o'tkazish texnikasi. Tajriba bo'yicha hujjatlar va hisobot ishlarin olib boorish. Tadqiqod natijalariga statistik ishlov berish. Dispersion tahlil usullari keltirilgan.