Олий таълим тизимида персонал бошқариш сифатини баҳолаш мезонлари
Maqolada OTMlarda personalni boshqarish samaradorligini oshirishning asosiy jihatlari va yo'nalishlari takomillashtirish borasida fikrlar mulohaza qilingan. Oliy ta'lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida personal mehnatidan samarali foydalanish yo'nalishlarini aniqlash kelajakda o'quv jarayoni samaradorligini oshirishning asosiy sharti bo'lib hisoblanadi.
Asosiy mavzular
- OTMlarda personalni boshqarish samaradorligini oshirishning asosiy jihatlari va yo'nalishlari: Mutaxassisliklar va kasblar bo'yicha pedagogik kadrlar bilan ta'min etilganligini o'rganish va unga baho berish; O'quv jarayoni samaradorligini to'g'ri hisoblanganini, uning o'quv normalarida to'g'ri aks etganini aniqlash; OTM faoliyatida o'quv jarayonini tashkil etish holatiga va uning darajasiga baho berish; OTMda personal mehnatini rag'batlantirish va o'quv jarayoni bilan bog'liq psixologik vaziyatga baho berish; Kadrlar qo'nimsizligi ko'rsatkichlarini aniqlash va o'rganish; Sohada mutaxassisliklar bo'yicha pedagogik kadrlar zaxiralarini aniqlash, ulardan yanada to'laroq va samaraliroq foydalanish choralarini ishlab chiqish.
- OTMda ta'lim sifati: O'quv dasturlari, huquqiy-me'yoriy talablarga rioya etish, jarayonlarning hujjatlashtirilishi, talabalarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari, ilmiy tadqiqot faoliyati va natijalari, talabalarning ta'lim muassasasi xodimlari bilan o'zaro munosabatlarining samarali tashkil etilganligini e'tiborga olib xulosa chiqarish mumkin.
- Kadrlar tayyorlash sifati: Oliy ta'limga qadar bo'lgan tayyorgarlikka 10%, oliy ta'lim va oliy ta'limdan keyingi ta'lim dasturlarining sifatiga 50% va ilmiy kadrlar tayyorlash sifatiga 30% belgilangan. Ushbu konsepsiyaga binoan aynan qaysi bir mezonga asosiy e'tibor qaratilishi lozimligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin.
- OTMda sifatni boshqarish tizimi: OTMda sifatni boshqarish tizimida personalni boshqarish jarayonlarini tahlil qilishda qabul qilinayotgan qarorlarning ta'lim muassasasi missiyasi, strategiyasi bilan uyg'unlikda bo'lishini ta'kidlab o'tishimiz lozim.