Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dizaynеrlik tafakkur elеmеntlarini shakllantirish

Ushbu kitob boshlang'ich sinf o'quvchilarida dizaynerlik tafakkurini shakllantirish masalalariga bag'ishlangan. Unda dizaynerlikning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik-estetik sharoitlari va mehnat ta'limida badiiy konstruktorlik faoliyatini tashkil etish masalalari ko'rib chiqilgan. Kitobda tajriba-sinov natijalari asosida o'quvchilarda dizaynerlik tafakkurini rivojlantirish metodikasi tavsiya etiladi.

Asosiy mavzular

  • Dizaynerlik tafakkurini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari: Ushbu bo'limda tafakkur rivojining psixologik-pedagogik aspektlari, ijodiy tafakkurni rivojlantirishning estetik-pedagogik shart-sharoitlari hamda nazariyasi o'rganilgan.
  • Mehnat ta'limi darslarida badiiy konstruktorlik faoliyatini tashkillashtirish: Bo'lim mehnat ta'limi darslarida badiiy konstruktorlik faoliyatini tashkil etish, texnik estetikaning nazariy masalalariga bag'ishlangan.
  • Boshlang'ich sinf o'quvchilarining dizaynerlik tafakkur elementlarini shakllantirish mazmuni va metodikasi: Ushbu bo'limda tajriba-sinov boshida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining dizaynerlik tafakkuri elementlarining shakllanganlik darajasi aniqlanadi. Tajriba-sinov ishlarini shakllantirish bosqichida dizaynerlik tafakkuri elementlarini shakllantirishda bajariladigan ishlar tizimi ko'rib chiqiladi. Tajriba nazorat bosqichida dizaynerlik tafakkurini rivojlantirish dinamikasi analiz qilinadi.