O‘qituvchilаrning kаsbiy mаhоrаt vа kоmpеtеntliligini Rivоjlаntirish

Ushbu kitob oʻqituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan. Unda taʼlim muassasasi oʻqituvchilarining kasbiy kompetentliligi va uning komponentlari, pedagogik kompetentlilik koʻrsatkichlari va baholash mezonlari, oʻqituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish jarayonlari, metod, vositalari, kasbiy mahorat va kompetentlilikni rivojlantirish jarayonida motivlashtirish, oʻqituvchilar kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning korporativ asoslari, pedagogik innovatsion faoliyat, uzluksiz malaka oshirish jarayoni modeli kabi masalalar yuzasidan soʻz yuritiladi. Qoʻllanma uzluksiz taʼlim tizimining turli bosqichlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar, pedagoglik faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadqiqotchilar, mutaxassislar va pedagogika oliy oʻquv yurtlarining talabalari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • O'qituvchilarning kasbiy kompetentliligi va uning komponentlari: Kadrlar malakasini oshirish, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, rivojlanganlik jarayonlariga moslashuvchanlik, javobgarligini his etish, xatti-harakatlari, kasbiy tayyorgarlik, o'qituvchi shaxsini shakllantirish, O'qituvchilarning o'z funksional vazifalarini amalga oshirish jarayoni.
  • Pedagogik kompetentlilik koʻrsatkichlari va baholash mezonlari: Zamonaviy talablar, zamonaviy yutuqlar, kasbiy kompetentlilikni rivojlantirib borishga yangi vazifalarni yuklash, fan va texnika yutuqlari, rahbarning roli, o'qituvchi qobiliyatining ortishi, yoshlarga talablar.
  • Oʻqituvchilar kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning korporativ asoslari: Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishning asosiy tamoyillari, xalq pedagogikasi, vatanparvarlik, insonparvarlik, axloq odobi, odobli avlodni tarbiyalash, xulqi yaxshi bo'lgan avlod.
  • Oʻqituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish metodlari: Mukammal o'rganish, ta'lim jarayonini takomillashtirish, rahbarning roli, o'qituvchi qanday bo'lishi kerakligi, Uo'TM o'qituvchilari pedagogik jarayonlarni tashkil etishi, muammolarga yechim topish, innovatsion texnologiyalar, adolatli bo'lish.
  • Kasbiy mahorat va kompetentlilikni rivojlantirish jarayonida motivlashtirish: Kasbiy mahorat, samarali tayyorlash, motivlar, tashkiliy ishlarni amalga oshirish, yosh avlodni o'qitishda o'zining o'rnini topish.
  • Pedagogik innovatsion faoliyat: O'qituvchilar o'z faoliyatida shaxsiy rivojlanishiga kuchli ta'sir qilish, ta'limiy muhit, innavatsion yondashish, rahbarlarning roli, tadbirlarni tashkil etish.
  • Oʻqituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojlantirishda uzluksiz malaka oshirish jarayoni: Pedagoglar bilan har tomonlama rivojlantirish, davlat va shaxs manfaatlari yo'lida ishlash, turli xil masalalarni hal etish, innovatsion g'oyalar yo'nalishida ishlash, uzluksiz ta'lim va kadplar tayyorlashda izchillikni ta'minlash