Qiziqarli geometrik yasashlarni bajarishda zamonaviy texnikalarning o`rni

Ushbu kitob chizmachilik fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda chizmachilikning tarixi, ahamiyati, asosiy qoidalari va geometrik yasashlar, shuningdek, texnik chizmalarni bajarish usullari va standartlar haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda chizmalarni o'qish va tushunish, ularni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Chizmachilik haqida umumiy ma'lumotlar: Chizmachilikning paydo bo'lish tarixi, insoniyat hayotidagi roli va ahamiyati, chizmachilikda qo'llaniladigan materiallar va asboblar, grafik tasvirlash usullari, O'zbekistonda chizmachilik fanining rivojlanishi
  • Turli davrlarda joriy qilingan standart chizma shriftlari ilmiy tahlili: Chizma shriftlarining tasnifi, ularning qo'llanilish qoidalari, turli standartlardagi shriftlar, shriftlarni to'g'ri va aniq chizish usullari
  • Asosiy geometrik yasashlar: Nuqta, to'g'ri chiziq, kesma, burchak, aylana va boshqa geometrik shakllarni yasash usullari, geometrik yasashlarni chizmalarda qo'llash, tutashmalar yasash
  • Chizmalarga o'lchamlar qo'yishning asosiy qoidalari: O'lcham chiziqlari, chiqarish chiziqlari, o'lcham raqamlari, o'lchamlarni to'g'ri joylashtirish, o'lchamlarni o'qish qoidalari, mashinasozlik chizmalarida o'lchamlar qo'yish standartlari