Германияда илмий тадқиқот ва ишланмаларни молиялаштириш хусусиятлари
Maqolada Germaniyadagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish xususiyatlari, ishlanmalarga bo'lgan xarajatlarning o'sish tendensiyalari, "Yevro Plyus" bitimi, "Yevropa 2020 strategiyasi", yirik kompaniyalar, o'rta va kichik korxonalarning ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga investitsiya kiritish imkoniyatlari qisqacha yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Yevropa 2020 strategiyasi: Yevropada o'rta va uzoq muddatli istiqbolda inqirozli holatlarni bartaraf etishni mutaxassislar Yevropa iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish zaruriyati bilan bog'laydilar. Uning asosiy yo'nalishlari esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan 2010-yilda qabul qilingan "Yevropa 2020: izchil, barqaror va har tomonlama o'sish" dasturida aniqlab berilgan.
- Germaniyaning innovatsiya siyosati: Germaniya esa iqtisodiyotni modernizatsiyalashga intilishi, tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishga tayyorligi, shuningdek, davlat moliyasining yetarli darajada shaffofligi tufayli o'zini Yevropa iqtisodiyotini barqarorlashtiruvchi asosiy omil deb qaraydi va Yevropa Ittifoqi innovatsiya siyosatini muvofiqlashtirish tarafdori sifatida qatnashmoqda.
- "Yevro Plyus" bitimi: Bunga Germaniya va Fransiya tashabbusi bilan qabul qilingan "Yevro Plyus" bitimi hisoblanadi. U "Yevropa 2020" strategiyasidagi qoidalarni amalga oshirishga yo'naltirilgan har yilgi chora-tadbirlarni aniqlashni ko'zda tutadi.
- Germaniya islohotlar Milliy dasturi: Germaniya islohotlar Milliy dasturida maksimal texnologik ochiqlik sharoitida innovatsion rivojlanish uchun optimal shart-sharoitlarni barpo etish ko'zda tutilgan. Dasturdagi 22 ta chora-tadbirlar jumlasiga asosiy texnologiyalarda Germaniyaning ilg'or pozitsiyalarini mustahkamlash uchun dastur ishlab chiqish, "Elektromobillar dasturi" doirasida investitsiyalash jarayonlarini faollashtirish, tiklanadigan energiya manbalari asosida energetik tizimni qayta qurishni moliyalashtiruvchi maxsus fondlarni barpo etish kabi yo'nalishlar kiradi.
- Kichik va o'rta korxonalarning ilmiy tadqiqotlardagi roli: Agar yirik kompaniyalarda keng va uzoq muddatli tadqiqotlar olib borilayotgan bo'lsa, o'rta va kichik korxonalarda kichik innovatsiya "mash'allari" kuzatiladi. Garchi o'rta va kichik korxonalar ko'plab ish o'rinlari yaratish orqali Germaniya iqtisodiyotida muhim rol o'ynasada, yirik korxonalardan farqli o'laroq ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga investitsiya kiritish imkoniyatlari cheklangan.