TTZ-100K.11 traktori dvigatelining moylash tizimini (dag‘al tozalovchi qo‘shimcha filtrni qo‘llash asosida) takomillashtirish

Ushbu bitiruv malakaviy ishi TTZ-100K.11 traktorining dvigatel moylash tizimini takomillashtirishga bag'ishlangan. Ishda dvigatelning ishqalanish qismlarining xizmat muddatini oshirish maqsadida moylash tizimiga qo'shimcha dag'al tozalovchi filtr o'rnatish taklif etilgan. Ishda filtrning kinematik sxemasi, tuzilishi, o'lchamlari, texnik talablari, xo'jalikda mehnat va tabiatni muhofaza qilish holati, uning yillik iqtisodiy samaradorligi keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Texnologik qism: Mavzuning dolzarbligi asoslangan, moyni tozalash sifatiga qo'yiladigan talablar, moylash tizimining vazifasi va turlari, 4BTA 3.9 dvigatelining moylash tizimi, moylash tizimiga texnik xizmat ko'rsatish va uning nuqsonlari ko'rib chiqilgan.
  • Konstruktiv qism: Dvigatelning moylash tizimiga qo'shimcha dag'al moy tozalash filtrini joylashtirish, uning tuzilishi va ishlashi, filtr ish yuzasining hisobi, tutuvchi xalqaning va stakanning mustahkamlik shartlari hisoblangan.
  • Atrof muhit va mehnat muhofazasi: MMTP hududida mehnatni muhofaza qilish holati, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya, traktor-dalachilik ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi, traktorda transport ishlarini bajarishda rioya qilinadigan xavfsizlik qoidalari bayon etilgan.
  • Iqtisodiy ko'rsatkichlar: Qo'shimcha filtrni o'rnatishning iqtisodiy samaradorligi hisoblangan, xarajatlar va yillik foyda aniqlangan.