Qizil cho‘l zotining xo‘jalik foydali belgilarini golshtinlashtirish yo‘li bilan yaxshilash
Ushbu kitob O‘zbekistonda qoramolchilikni rivojlantirish, naslchilik ishlarini yaxshilash, qizil cho‘l zotini takomillashtirish, xorijiy zotlar bilan chatishtirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish, ekologik muammolar, hayot faoliyati xavfsizligi va chorvachilikda amalga oshirilishi zarur bo'lgan talablar haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- Adabiyotlar sharxi: Qoramollarning nasl sifatini oshirishda hamda yangi zotlarni yaratishda chatishtirishning turli usullari, zotlarni tanlash, oziqlantirish va asrash sharoitlari, golshtin zotining afzalliklari, golshtinlashtirish, duragaylarning mahsuldorligi va boshqa omillar haqida ma'lumot berilgan.
- Tanlangan mavzu bo'yicha muammolarni qo'yilishi va uning asosi: Bitiruv malakaviy ishiga asos qilib olingan vazifalar: zotlarga qisqacha tavsif berish, urchitilish xududi va sonini bilish, qoramolchilik buyicha darslik va ilmiy maqolalardan foydalanish; qizil choʻl zotini xoʻjalikka foydali belgilarini yaxshilaydigan golshtin zotlari toʻgʻrisida ma'lumotlar yigʻish; qizil cho'l zoti bilan olib borilgan chatishtirish ishlarini taxlil qilish; qizil cho'l zotini xoʻjalik foydali belgilarini yaxshilash borasida mamlakatimiz xamda xorijiy davlatlarning olimlari ma'lumotlari bilan tanishish.
- Asosiy qismi: Qizil cho'l zotining kelib chiqishi, ularning keskin iqlim sharoitlariga moslashish xususiyatlari, xoʻjaliklarda tarqalishi; Golshtin zotli mollar oʻz nasldorlik va mahsuldorlik sifatlari bilan dunyoga mashxurligi, o‘zbekiston sharoitida qizil cho‘l zotini golshtin zoti bilan chatishtirishning foydasi, duragaylarning hosildorligi
- Ekologik muammolar va xayot faoliyati xavfsizligi masalalari: Chorvachilikdagi ekologik muammolar (suv, havo, ozuqa ifloslanishi va h.k.), ularning oldini olish chora-tadbirlari, molxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilish, zaharli oʻtlardan xoli ozuqa berish, zooveterinariya nazoratini kuchaytirish va hayot faoliyati xavfsizligi tadbirlari
- Xulosalar: Bitiruv malakaviy ishining umumiy xulosalari, qizil cho'l zoti va ularning golshtinlashtirish natijasida olingan avlodlarining sut mahsuldorligini hamda xujalikka foydali belgilarini takomillashtirish yuzasidan keltirilgan ma'lumotlar va tavsiyalar