Побегообразование листовой пластины растений семейства Павловниевые (Paulowniaceae)

Ushbu kitob, asosan, Pavloniya oʻsimligining vegetativ koʻpaytirish usullariga bagʻishlangan boʻlib, unda in vitro sharoitida barg plastinkasidan kurtaklar hosil qilish jarayonlari, oʻsimlik toʻqimalari madaniyati, mikrokoʻpaytirish usullari, kallus toʻqimasidan organogenezni induksiya qilish va olingan natijalarning tahlili batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda Pavloniyaning morfologik va fiziologik xususiyatlari, uning ahamiyati va istiqbollari ham koʻrsatib oʻtilgan.

Asosiy mavzular

  • Pavloniya oʻsimligining biologik xususiyatlari: Pavloniya oʻsimligining sistematikasi, botanik tavsifi, tarqalishi, ekologik xususiyatlari va ahamiyati.
  • In vitro sharoitida koʻpaytirish usullari: Sterilizatsiya usullari, ozuqa muhitini tayyorlash, toʻqima kulturalari usullari, mikroklonal koʻpaytirish va kallus toʻqimasidan organogenezni induksiya qilish.
  • Eksperimental natijalar tahlili: Turli gormonal tarkibdagi muhitlarda Pavloniya barg plastinkasidan kurtaklar hosil boʻlishi, ildizlanishi va kallus hosil boʻlishi jarayonlarining tahlili.
  • Kallus to'qimasi: Kallus to'qimasini hosil bo'lishi, rivojlanishi va morfogenetik xususiyatlari
  • Morfogenez: Turli xildagi o'simlik to'qimalarida morfogenezni kechishi