Undalma murojaat shakllarining bir ko’rinishi sifatida

Maqola undalma murojaat shakllarining bir ko'rinishi sifatida o'rganadi. Undalmalar gap bo'laklari mazmunini muayyanlashtirishga xizmat qiladi. Undalmalar tilshunosligimizda ko'pgina olimlar tomonidan o'rganildi. A. Fitrat “Nahv”(Sintaksis) asarida undashli gaplarni ajratadi va ularga ta'rif beradi. Shuningdek, boshqa olimlar ham undalmalar haqida fikrlar bildirishgan. Undalmalar shaxsni yoki predmetni ifodalashi mumkin. Nutqimizda shunday gaplar borki, ularning asosi undalmalarga borib taqaladi. Undalmalar so'z, so'z birikmasi va gap shaklida ifodalanishi mumkin. Undalmalar haqidagi nazariyalardan ma'lumki, gap boshida keluvchi undalmalar kuchli his-hayajon bilan ayliladi va ulardan keyin undov belgisi qo'yiladi. Kesimlik ko'rsatgichlari, nisbiy tugal fikrga ega bo'lishlik va ohang gap uchun muhim belgilar sanaladi. Til doimo o'zgarishda va taraqqiyotda bo'ladi. Tilimiz rivojlanib borar ekan uning ochilmagan qirralari ochilib, yangiliklar ko'payib boraveradi. Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatdiki, tilimizda gap shaklida keluvchi undalmalar emas, balki undalmaga, undalma vazifasida keladigan so'zlarga mazmunan yaqin qo'llaniluvchi gaplar bor.

Asosiy mavzular

  • Undalmalarning ta'rifi va vazifasi: Undalmalar nutqda murojaat shakllari sifatida voqelanadi va fikr kimga qaratilganini ko'rsatadi. Ular tinglovchining diqqatini tortish uchun ishlatiladi.
  • Undalmalarning ifodalanish shakllari: Undalmalar so'z, so'z birikmasi yoki gap shaklida ifodalanishi mumkin. Gap boshida keluvchi undalmalar kuchli his-hayajon bilan aytiladi.
  • Olimlarning undalmalar haqidagi fikrlari: A. Fitrat, Sh. Zunnun va A. G'ulomov kabi olimlar undalmalarning grammatik xususiyatlari va nutqdagi o'rni haqida fikrlar bildirishgan.
  • Undalma va ohang: Ohang gapning ma'nosini farqlash uchun muhimdir, ayniqsa kesimlik ko'rsatkichlari bo'lmagan holatlarda. Undalmalarning ba'zi ko'rinishlari ham shunday xususiyatlarni o'zida mujassam eta oladi.