Телекоммуникация узатиш тизимлари

Kitob telekommunikatsiya tizimlarining tuzilishi, ishlash prinsiplari, signal uzatish usullari, raqamli va analog tizimlarning xususiyatlari haqida ma'lumot beradi. Unda signal turlari, modulyatsiya, shovqin, kvantlash kabi asosiy tushunchalar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Telekommunikatsiya uzatish tizimlarining tuzilish asoslari: Aloqa tizimlarining asosiy tushunchalari, tuzilish prinsiplari, signal va ularning parametrlari, aloqa tarmoqlari haqida ma'lumot beriladi.
  • Kanal signallarini ajratish prinsiplari: Kanal signallarini chastota va vaqt bo'yicha ajratish, tovush chastotali kanallarning asosiy xarakteristikalari, differensial qurilmalar, muvozanat masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Chastota bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlari: Kanal signallarini shakllantirish, chastotalarni ko'p marta o'zgartirish, liniya trakti va kanallarda hosil bo'luvchi shovqinlar, asboblarning tasnifi, avtomatik sozlash usullari yoritiladi.
  • Vaqt bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlari: АИM signallarining xususiyatlari, impulsli-kodli modulyatsiya, tekkis va notekis kvantlash, kodlovchi qurilmalarning tuzilishi haqida ma'lumot beriladi.
  • Raqamli uzatish tizimlarida sinxronizatsiya: Raqamli uzatish tizimlarida taktli, tsiklli, yuqori tsiklli sinxronizatsiya, sinxrosignal uzatgichi va qabul qilgichi ko'rib chiqiladi.
  • Raqamli uzatish tizimlarining liniya trakti: Liniya trakti bo'ylab raqamli signallarni uzatish xususiyatlari, signallarni regeneratsiya qilish, regeneratorlarning tuzilish sxemasi haqida ma'lumot beriladi.
  • Raqamli uzatish tizimlarining oxirgi stansiyasini tuzilishi: Impuls kodli modulyatsiyaga ega bo'lgan raqamli uzatish tizimlarining oxirgi stansiyasining tuzilishi, sikli va yuqori tsiklining tuzilishi haqida ma'lumot beriladi.
  • Pleziaxron raqamli ierarxiya: IKM li raqamli uzatish tizimlarining ierarxiyasi va ularga bo'lgan talablar, PDH tizimlarining kamchiliklari, PDH da sinxronizatsiya va boshqaruv muammolari haqida ma'lumot beriladi.