Алоқа линиялари

Ushbu kitob aloqa liniyalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va optik tolali aloqa tizimlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar to‘plamidir. Unda aloqa liniyalarining rivojlanish tarixi, tuzilishi, parametrlarini o‘lchash usullari, turli xildagi texnologiyalar va optik tolali aloqa liniyalarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Kitob telekommunikatsiya sohasida tahsil olayotgan talabalar, muhandislar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Aloqa liniyalariga kirish: Aloqa liniyalarining rivojlanish tarixi, ularning asosiy roli, aloqa tarmoqlarining rivojlanishi va O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasining o‘rni haqida ma’lumotlar beriladi.Shuningdek,kitobda milliy dastur va telekom sohasida amalga oshirilgan meyoriy hujjatlar haqida ham malumotlar keltiriladi
  • Telekommunikatsiya tarmoqlari: Telekommunikatsiya tarmoqlarining umumiy tushunchalari, tarkibiy qismlari (axborot uzatish tizimi, kommunikatsiya tizimi, oxirlash uskunalari) haqida ma’lumot beriladi. Tarmoqlarning turlari (global, magistral, hududiy), tarmoq topologiyalari va ularning afzalliklari hamda kamchiliklari ko'rib chiqiladi.
  • Aloqa liniyalari va ularning xususiyatlari: Aloqa liniyalarining turlari (atmosferadagi va yo‘naltiruvchi), ularning tasnifi, chastota diapazonlari, radiochastotalar va ularning qo'llanilishi haqida ma’lumotlar beriladi.Shuningdek radioreleli va yo‘ldoshli aloqa tizimlariga to‘xtalib o‘tiladi.
  • Yo'naltiruvchi uzatish tizimlari: Yo'naltiruvchi uzatish tizimlari, jumladan, simmetrik kabellar, koaksial kabellar, to'lqin o'tkazgichlar, nur o'tkazgichlar va optik kabellarning tuzilishi va xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi.
  • Kabel aloqa liniyalarining elekt uzatish parametrlari: Kabel aloqa liniyalarining elekt uzatish parametrlari, birlamchi va ikkilamchi parametrlar, elektrmagnit maydonning tenglamasi, to‘lqin qarshiligi va tarqalish koeffitsiyenti kabi asosiy tushunchalar haqida ma’lumotlar beriladi.
  • Aloqa zanjirlarida elektrmagnit ta'sir manbalari: Aloqa zanjirlariga tashqi ta'sir manbalari, atmosfera hodisalari, elektr uzatish liniyalari, elektrlashtirilgan temir yo'llar va radio stantsiyalar ta'siri, shuningdek, ulardan himoyalanish choralari haqida ma’lumot beriladi.
  • Aloqa kabellarini ekranlashtirish: Koaksial va simmetrik aloqa kabellarini turli xil xalaqitlardan himoyalashning asosiy usuli sifatida ekranlashtirish, ekranlashtirish koeffitsiyenti, metall qobiqlarning materiallari va tuzilishi haqida ma’lumotlar beriladi.
  • Kabel qobiqlarining korroziyasi va ulardan muhofazalanish chegaralari: Kabel qobiqlarining korroziyasi, korroziyaning turlari, tuproq osti elektrokimyoviy korroziya, kristallararo korroziya, elektr korroziya va ulardan muhofazalanish chetgaralari haqida ma’lumotlar beriladi.
  • Kabelli aloqa liniya parametrlarini o'lchash usullari: Kabelli aloqa liniya parametrlarini o'lchash usullari, uzgaruvchan tok va o'zgarmas tokda zanjirlarni o'lchash, ko'prik usuli, impuls usuli, yuqori kuchlanishda o'lchash usullari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, shikast joylarini aniqlash usullari keltiriladi
  • Tarmoqdan foydalana olishning yangi texnologik yechimlari: Tarmoqdan foydalana olishning yangi texnologik yechimlari, xDSL texnologiyasi, raqamli abonent foydalanish xizmati va mahalliy aloqa kabellari haqida ma’lumotlar keltiriladi
  • Tolali optik aloqa liniyasini tashkil etish: Optik tolali aloqa liniyalarining afzalliklari va kamchiliklari, optik tolaning asosiy elementlari, optik tolaning turlari hamda bu tolaning tashkil etilishi haqida ma’lumotlar beriladi