Транспорт воситаларида ишлатиладиган материаллар

Ushbu kitob transport vositalarida ishlatiladigan materiallarning asosiy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha tajriba mashg'ulotlari uchun uslubiy qo'llanmadir. Qo'llanmada benzin, dizel yoqilg'isi, motor moylari, surkov moylari va texnik suyuqliklarning asosiy xususiyatlarini aniqlash usullari keltirilgan. Qo'llanma talabalarga avtomobil, qishloq xo'jaligi mashinalari va transport vositalarida qo'llaniladigan texnik suyuqliklarning asosiy fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalarini aniqlash usullari bilan tanishtirishga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Benzinning asosiy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash: Benzinning assortimenti bilan tanishish, zichligini aniqlash, fraksion tarkibini aniqlash.
  • Dizel yoqilg'isining asosiy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash: Dizel yoqilg'isining assortimenti bilan tanishish, kinematik qovushqoqlikni aniqlash, qotish haroratini aniqlash, tarkibidagi suv miqdorini aniqlash.
  • Motor moylarining asosiy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash: Motor moyini assortimenti bilan tanishish, kinematik qovushqoqlikni aniqlash, rangini, hidini va tiniqligini baholash.
  • Surkov moylarining asosiy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash: Surkov moylarini tashqi belgilari bilan tanishish, tomchi haroratini aniqlash, penetratsiya sonini aniqlash.
  • Texnik suyuqliklarning xossalarini kompleks baholash: Texnik suyuqliklarning tashqi belgilari bilan tanishish, antifriz tarkibini gidrometr yordamida aniqlash, tormoz suyuqligi tarkibini aniqlash.
  • Bo'yoq-lok materiallarining asosiy xususiyatlarini aniqlash: Metall yuzalarni bo'yashga tayyorlash, bo'yash, bo'yoqlarning xususiyatlarini baholash, bo'yoq qoplamalarining mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash.