Kasbiy pedagogika
Ushbu kitob kasbiy ta'lim pedagogikasining asosiy tushunchalarini, maqsad va vazifalarini ochib beradi. Kasbiy ta'lim tizimining shakllanish bosqichlari, o'qitish metodlari va tamoyillari, o'quv jarayonini tashkil etish masalalari batafsil yoritilgan. Kitobda kasb-hunar kollejlarini boshqarish, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi aloqalarni amalga oshirish jarayonlari ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Kasbiy pedagogikaning mohiyati va vazifalari: Kasbiy pedagogika fan sifatida, uning asosiy tushunchalari, maqsad va vazifalari, o'rganish obyekti va ahamiyati ko'rib chiqiladi. Kasbiy ta'limning asosiy vazifalari ta'kidlangan.
- Kasb ta'limining shakllanish bosqichlari: Kasb ta'limining tarixiy rivojlanishi, turli davrlarda shakllanishi va o'zgarishi, O'rta Osiyo mutafakkirlarining kasb ta'limi haqidagi qarashlari tahlil qilinadi.
- Ta'lim standartlashtirish: Ta'lim standartlarining mohiyati, vazifalari, turlari va ularga qo'yiladigan talablar, shuningdek, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi standartlari va ularni baholash mezonlari yoritiladi.
- Kasbiy ta'limning qonunyatlari va tamoyillari: Pedagogik jarayonning qonuniyatlari, kasbiy ta'limning asosiy tamoyillari, jumladan, insonparvarlik, uzluksizlik, individuallashtirish va amaliyot bilan bog'liqlik kabi tamoyillar batafsil ko'rib chiqiladi.
- Kasbiy ta'limi jarayonining ishtirokchilari: Pedagogik jarayon ishtirokchilari, ularning vazifalari va rollari, muhandis-pedagogning faoliyati, kasbiy kompetentligi va kasbiy loyihalash mahorati tahlil qilinadi.
- Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi aloqalar: Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi aloqalarning ahamiyati, korxonalarning ijtimoiy buyurtmasi, ta'lim muassasalarining mustaqilligi va ijtimoiy hamkorlik shakllari yoritiladi.