Tabiatshunoslik falsafasi
Ushbu kitob falsafa, biologiya va kimyo fanlariga tegishli bo'lib, unda hayotning kelib chiqishi, moddiy asoslari, biologik tizimlar va ularning xususiyatlari, kimyoviy evolyusiya, elementlar va molekulyar tarkib muammolari, kimyoviy birikmalar va ularning evolyusiyasi kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitob talabalarga biologik tizimlar, ularning xususiyatlari haqida tushuncha berishga, hayotning kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalarni bilishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Jonli va jonsiz moddaning farqi: Jonli va jonsiz moddaning farqlari moddiy, strukturaviy va funksional jihatlardan ko'rib chiqiladi. Jonli organizmlar tarkibida yuqori tartibli tuzilishga ega makromolekulalar (oqsillar, nuklein kislotalar) mavjudligi, hujayraviy tuzilishi va o'zidan ko'payish xususiyati bilan farqlanadi.
- Hayotning kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalar: Hayotning kelib chiqishi haqidagi kreacionizm, abiogenez, stasionar holat konsepsiyasi, panspermiya kabi turli ilmiy va diniy konsepsiyalar muhokama qilinadi.
- Hayotning moddiy asosi: Hayotning uglerod asosidagi moddiy asosi, organik moddalarning simmetrik izomeriyasi, ularning xiralligi, energetik ta'minoti va muhim elementlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, suvning ahamiyati ta'kidlanadi.
- Kimyoviy evolyusiya: Kimyoviy evolyusiyaning bosqichlari, predbiologik sistemalar, ularning o'z-o'zini tashkil etishi, katalizning roli va evolyusion jarayonlar muhokama qilinadi.
- Kimyoviy element va moddalar tarkibi: Kimyoviy elementlarni va kimyoviy birikma atomlarini molekulyar tarkibiy muammolari va ularni o‘rganishning asosiy jihatlari haqida malumotlar.
- Elementlar va molekulalar tarkibi muammolari va ularning hal etilishi.: Kimyoviy element, atomlarni molekulalarga birlashtiruvchi kuchlar tabiatni o‘rganishga bagishlangan element, molekulyar tarkibiy qismlarni ko'rib chiqishning dolzarbligi.