Xitoy tili tarixi
Ushbu kitob xitoy tilining tarixi, grammatikasi va leksik tuzilishini qamrab oladi. Unda xitoy tili tarixiy davrlarga bo'linishi, venyanda yozilgan qomusiy yodgorliklar, qadimgi xitoy tilining leksik tuzilishi, polisemiya hodisasi, so'z turkumlari, talaffuzi har xil iyerogliflar kabi masalalar o'rganilgan. Kitob filologiya va xitoyshunoslikka oid bilimlar beradi. Bundan tashqari, qadimgi xitoy tili hususiyatlari, grammatik qurilishi kabi masalalarni o'rganish orqali zamonaviy xitoy tilini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi.
Asosiy mavzular
- Xitoy tilining tarixiy davrlarga boʻlinishi: Xitoy tili tarixi 3000 ming yildan koʻproq davrni qamrab oladi. Kitobda A. Maspero taklif etgan davrlashtirish modeli, Van Lining davrlashtirish tizimi va Rossiyalik olimlarning tasnifi keltirilgan. Qadimgi xitoy tili mumtoz davrgacha, mumtoz davr, so‘nggi qadimgi, o‘rta davr va zamonaviy davrlarga bo’linadi. Shuningdek, qadimgi og'zaki va yozma til, Yayan va Venyan tillari haqida ma'lumot berilgan.
- Venyanda yozilgan qomusiy yodgorliklar: Klassik venyan davri adabiy yodgorliklari, "To'rt muqaddas devon" va "Besh muqaddas to'plam", ularning tarkibi va xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan. Dasyue, Chjungyung, Lunyuy, Meng-zi, Shijing, Shujing, Liji, Ijing, Chunchyu kabi asarlar qisqacha tahlil qilingan.
- Qadimgi xitoy tilining leksik tuzilishi: Ushbu mavzuda «Sho ven sze zi» lugʻati, “Tōngjiǎzì” hodisasi, Tovushdoshlar almashinuvi, soʻz maʼnosining oʻzgarishi, kengayishi, torayishi, koʻchishi kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, qadimgi xitoy tili leksikasida yuzaga keladigan hodisalar muhokama qilingan.
- Venyanda polisemiya hodisasi: Venyanda ko'p ma'noli soʻzlarning leksik-semantik tahlili berilgan. "予", "骑", "数", "说" iyerogliflarning semantikasi, qadimgi xitoy tilida tutgan oʻrni va grammatik vazifalari, ehtirom va kamtarlikni bildiruvchi soʻzlar haqida maʼlumot beriladi. Polisemiya, leksik-semantik tahlil, ehtirom va kamtarlik soʻzlari haqida tushunchalar berilgan.
- Venyanda murojaat shakllarida: Murojaat shakllarini tanlashda ob'ektiv va sub'ektiv omillar, oʻzini atash shakllari kabi masalalar o'rganiladi. Qadimgi Venyan tilida bitilgan matnlarni tarjima qilishda soʻzlashuv shakli, soʻzlashuv vaziyati haqida tushuncha boʻlishi shartligi aytib o'tilgan.
- Qadimgi xitoy tilida mustaqil soʻz turkumlari: Ot, fe'l, sifat, son, olmosh kabi mustaqil so'z turkumlari hamda ravish, koʻmakchi, bogʻlovchi, yordamchi soʻzlar, yuklama, undov soʻzlar kabi yordamchi soʻzlar haqida ma'lumot beriladi. Qadimgi xitoy tilida mustaqil va yordamchi soʻz turkumlarni ajrata bilish koʻnikmasini hosil qilishga yo'naltirilgan.
- Qadimgi xitoy tilida yordamchi soʻz turkumlari: Sifat, son, olmosh kabi so'zlarni o'rganish orqali qadimgi xitoy tilining leksik tarkibini tushunish. Ravish, koʻmakchi, bogʻlovchi, yordamchi soʻzlar, yuklama va undov soʻzlari haqida ma'lumot beriladi.
- Xitoy tilida ko'p talaffuzli iyerogliflar: Koʻp talaffuzli iyerogliflar, talaffuzi har xil, maʼnosi ham har xil iyerogliflar hamda talaffuzi har xil, maʼnosi bir xil yoki yaqin iyerogliflar haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek talaffuzi har xil, maʼnosi bir xil yoki yaqin iyerogliflarni ajratish usullari ko'rsatib o'tilgan.