Elektr poyezdlarning mexanika va pnevmatika qismlarini ta’mirlash texnologiyasi

Ushbu kitob O'zbekiston temir yo'l tizimida foydalaniladigan elektr poyezdlarining mexanik va pnevmatik qismlarini ta'mirlash texnologiyasiga bag'ishlangan. Unda poyezd vagonlarining tuzilishi, asosiy qismlari, ularning ishlash prinsiplari, nosozliklari va ta'mirlash usullari batafsil yoritilgan. Kitob, shuningdek metropoliten tizimining umumiy tuzilishi, harakat xavfsizligi, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlariga oid ma'lumotlarni ham o'z ichiga oladi. Kasb-hunar kollejlari talabalari va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Metropoliten haqida umumiy ma'lumotlar: Metropolitenning tarixi, transport tizimidagi ahamiyati, loyihalashtirish va qurilish masalalari, mikroiqlimi va elektr ta'minoti, harakatdagi tarkibi ko'rib chiqiladi.
  • Vagonlarning mexanik moslamalari: Vagon kuzovi, salon jihozlanishi, aravachalar, g'ildirak juftlari, bo'ksa bo'g'imlari, kuzovning ressor osmalari, tortish uzatma va reduktor osmaning bo'g'imi, kardan mufta, tortuv elektrodvigatel va tok qabul qiluvchi moslamalarning osma bo'g'imlari, tormoz moslamalari haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Avtoulangich: Avtoulangichning umumiy tuzilishi, mexanik qismi, osma bo'g'imi, pnevmatik va elektrik qismlari, vagonlarni ulash va ajratish qoidalari yoritilgan.
  • Pnevmatik moslamalar: Pnevmatik moslamalarning ulanish sxemasi, elektrokompressor, havotaqsimlovchi, mashinist krani, reduktor, eshik havotaqsimlovchi, uzuvchi klapan, bosimni boshqaruvchi va tormoz silindri kabi asosiy elementlar ko'rib chiqiladi.