Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

Ushbu kitob mahalliy tarmoqlarni rejalashtirish va qurish asoslarini o'rgatadi. Kitob kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan bo'lib, tarmoq texnologiyalari va qurilish masalalarini o'z ichiga oladi. Unda tarmoq topologiyalari, arxitekturasi, uskunalari va standartlar haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, turli tarmoq texnologiyalarini taqqoslaydi va tarmoqni loyihalashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Asosiy mavzular

  • Mahalliy tarmoq topologiyasi: Tarmoq topologiyalarining asosiy turlari (shina, yulduz, halqa, daraxt) va ularning xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari ko'rib chiqiladi. Mahaliy tarmoqlarning o'rni, vazifalari va ularning shakllantirish mumkin bo'lgan belgilarini aniqlaydi.
  • Tarmoq arxitekturasining bosqichlari: Tarmoq arxitekturasining asosi, OSI modeli va uning 7 ta bosqichi, har bir bosqichning vazifalari, tarmoq protokollari va ularning turlari bayon etiladi. Muloqot etalon modeli, AMALIY, Prezentatsiya bosqichi Aloqa o'tqazish vaqtini boshqarish bosqichi, Transport bosqichi, Tarmoq bosqichi, Kanal bosqichi va Jismoniy bosqichlari.
  • Paketlar va axborot almashinuvini boshqarish usullari: Paketlar va ularning tuzilishi, paketlarni manzillash usullari, axborot almashinuvini boshqarish usullari ko'rsatilgan.
  • Tarmoq apparat ta'minoti: Tarmoq qurilmalari (kabellar, konnektorlar, adapterlar, repiterlar, konsentratorlar, ko'priklar, shluzlar) va uskunalari (montaj shkaflari, panellar, kabellar) haqida ma'lumotlar berilgan. Tarmoq apparat ta'minotiga qo'yiladigan talablar, ular haqida ma'lumot.
  • Standart tarmoq turlari: Ethernet va Fast Ethernet, Token-Ring kabi keng tarqalgan tarmoq standartlari, ularning xususiyatlari, texnik ko'rsatkichlari va ulardan foydalanish sohalari batafsil ko'rib chiqiladi. Ko'p qo'llaniladigan uchta tarmoq turlari bo'yicha ma'lumot.
  • Ethernet va Fast Ethernet tarmoqlarining uskunalari: 10 BASE 5 uskunasi, 10 BASE 2 uskunasi, 10 BASE-T uskunasi, 10 BASE-FL uskunasi, 100 BASE-TX uskunasi, 100 BASE-T4 uskunasi, 100 BASE-FX uskunasi ko'rib chiqiladi.
  • Tarmoqni tanlash va loyihalashtirish: Mahalliy tarmoqni tanlash va loyihalashtirish, tarmoq ishtirokchilarining soni, Optimal tarmoq standartini tanlash, 10BASE-T kabeli yordamida tarmoq loyihalashtirish va boshqa ko'rsatkichlar haqida ma'lumot berilgan.
  • Tarmoqni ma'murlashtirish: Tarmoqni ishlash usulini tanlash, boshqaruv serverini tanlash, DHCP-serverini sozlash uslublari izohlangan.
  • Kompyuterlarni ulash: Bluetooth orqali ulash, koaksial kabel yordamida ulanish, 4SB-port orqali ulash, Fire Wire porti orqali ulash, Simsiz adapter yordamida ulash usullari keltirilgan.