Pedagogika
Ushbu kitobda o'quvchilarni har tomonlama rivojlantirishning pedagogik va nazariy asoslari, tarbiya usullari, milliy qadriyatlar, oila, maktab va mahallaning hamkorligi kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Nafosat tarbiyasi: O'quvchilarni go'zallikni idrok etishga, badiiy didini o'stirishga, go'zallikka muhabbat uyg'otishga va hayotiga go'zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashga qaratilgan.
- Odob va nafosat tarbiyasi: O'quvchilarda axloq-odob, chiroyli xatti-harakatlar, go'zal munosabatda bo'lish va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbat hissini shakllantirishga qaratilgan.
- Ma'naviy-axloqiy tarbiya: Yosh avlodda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish, turmushdagi go'zallik va xunuklikni tushunish, his etish orqali ma'lum bir kayfiyatni shakllantirish, go'zallikdan zavqlanish, xunuk qiliq, xatti-harakatlardan nafratlana olish qobiliyatini paydo qilish, kishilarni ma'naviy fazilatli bo'lishga yetaklaydi.
- Fuqarolik tarbiyasi: O'quvchilarda fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglash orqali yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, vatan, jamiyat uchun fidoyi insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Madaniyatlilik, tarbiya koʻrganlik, odoblilik insonning tashqi qiyofasida ham namoyon boʻladi.
- Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish: Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Dunyoqarash kishilarning olam va uning oʻzgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik qarashlari va tasavvurlari majmuasidan iborat.
- Huquqiy tarbiya: Yoshlarni huquqiy savodxon qilib tarbiyalashda huquqiy ta'lim muhim ahamiyatga ega. Huquqiy ongni shakllantirish orqali huquqiy tarbiya me'yorlarini hayotga tatbiq etish muayyan qoidalarga amal qilishga yordam beradi.
- Ekologik tarbiya: Insonni tabiatga qadam qo'ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e'tibor bilan qaraydigan urf-odatlarini, udumlarini tarbiyalashdan iboratdir.
- Badan tarbiyasi: Jismoniy mashqlar orqali yosh avlodda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, aqliy va estetik tarbiyaning zamini yaratiladi. Inson salomatligi, baquvvatligi uchun alohida e'tibor beriladi.
- Bolalar tarbiyasida oila, maktab, mahalla hamkorligi: O'sib kelayotgan avlodga to'g'ri tarbiya berish uchun oila, maktab va mahallaning hamkorligini ta'minlash, milliy qadriyatlarni e'zozlash va ularga sodiq bo'lib qolishga qaratilgan.
- Maktabda sinfdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlar: O'quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda darslarning ijodiy, noan'anaviy, suhbat, oʻyin, tabiatda, bahs-munozara, uchrashuv shaklida bo'lishi maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarni havaskorlik to'garaklariga jalb etish orqali ularning qobiliyatlarini rivojlantirish.