Audit

Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida “Audit” fani bo‘yicha bilim berishga mo‘ljallangan. Qo‘llanmada auditning mohiyati, maqsadlari, vazifalari, tashkil etishning huquqiy asoslari, milliy standartlari, auditorlik faoliyatini rejalashtirish va boshqa mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari: Ushbu mavzuda auditning paydo bo'lish tarixi, rivojlanishi, mohiyati, maqsadlari, vazifalari, zarurligi, rivojlanish bosqichlari, davlat organlarining auditorlik xizmatlariga munosabati kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari: Ushbu mavzuda O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me'yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Auditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari: Ushbu mavzuda majburiy auditorlik tekshiruvi, tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi, nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko'ra audit o'tkazish xususiyatlari, auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy talablar: Ushbu mavzuda auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditorlik faoliyatini litsenziyalash, auditorlik tashkiloti va auditorlarning mustaqilligi, auditor axloqi (etikasi) kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik tavakkalchiligi: Ushbu mavzuda muhimlik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati, muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo'llaniladigan asosiy ko'rsatkichlar tizimini shakllantirish tartibi, auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to'plami va unga ta'sir ko'rsatadigan shart-sharoitlar kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Auditorlik tekshirishni rejalashtirish: Ushbu mavzuda auditorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi, vazifalari, bosqichlari va asosiy tamoyillari, auditning umumiy rejasini tuzish, auditning dasturini tuzish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Auditorlik tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazoratni o'rganish hamda baholash: Ushbu mavzuda tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o'rganish, buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o'rganish, korxona hisob siyosatini o'rganish, ichki nazorat tizimini o'rganish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Auditorlik dalillar: Ushbu mavzuda auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari, auditorlik dalillarning manbalari, auditorlik dalillarni olish usullari, auditorlik tashkilotining ish hujjatlari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Ekspert ishlaridan foydalanish: Ushbu mavzuda ekspert tushunchasi, ekspert ishidan auditorlik dalil sifatida foydalanish, ekspert xulosasi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Auditorlik tanlash: Ushbu mavzuda auditorlik tanlash tushunchasi, auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi: Ushbu mavzuda auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash, auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi, auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Asosiy vositalar auditi: Ushbu mavzuda asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va o'tkazish ketma-ketligi, asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma'lumot manbalari, asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to'g'riligini tekshirish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Nomoddiy aktivlar auditi: Ushbu mavzuda nomoddiy aktivlarning mohiyati, ahamiyati, o'ziga xos belgilari va auditining xususiyatlari, nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o'tkazishning umumiy tartibi, nomoddiy aktivlar auditorlik tekshiruvidagi audit amallari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Moliyaviy qo'yilmalar (investitsiyalar) auditi: Ushbu mavzuda moliyaviy qo'yilmalar tavsifi, auditining xususiyati, maqsadi va vazifalari, moliyaviy qo'yilmalarni (investitsiyalar)ni auditorlik tekshiruvidan o'tkazishda qo'llaniladigan ma'lumot manbalari, moliyaviy qo'yilmalarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Tovar-moddiy zahiralar auditi: Ushbu mavzuda auditning maqsadi, vazifalari, ma'lumot manbalari va o'tkazish tartibi, tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o'tkazish ketma-ketligi, tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning auditi: Ushbu mavzuda auditorlik tekshiruvini amalga oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar keltirilgan. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazish, tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshirish, mahsulot sotish auditi kabilar.
  • Pul mablag'lari auditi: Ushbu mavzuda auditorlik auditining maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari, kassa muomalalarini tekshirish, bankdagi schyotlarga doir muomalalar sintetik hisobining to'g'riligi va to'liqligini tekshirish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Hisob-kitoblar auditi: Ushbu mavzuda hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va maʼlumot manbalari, mehnat haqi bo'yicha hisob-kitoblar auditi, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi, mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Korxona xususiy kapitali auditi: Ushbu mavzuda ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari, ta'sis hujjatlarini tekshirish, dastlabki hujjatlarni tekshirish, xususiy kapitalni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Moliyaviy natijalar auditi: Ushbu mavzuda moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo'nalishlari, davr sarflarini tekshirish, moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda (ko'rilgan zarar)larni tekshirish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.