Biоtеxnikа tibbiyot qurilmаlаri vа tizimlаri
Ushbu kitob tibbiyot texnikalari, ularning ishlash prinsiplari, tuzilishi, ishlatish usullari, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash tartiblariga bag'ishlangan. Kitobda elektrokardiograflar, biotexnik qurilmalar, ultratovush apparatlari, yuqori chastotali terapiya uskunalaridan tortib, lazer nurlari bilan davolovchi tibbiyot texnikalarigacha bo'lgan turli xil tibbiy asboblar haqida ma'lumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Elektrokardiografiya: Elektrokardiograf apparatining ishlashga tayyorlash, tashqi ta'sirlarni oʻrganish, biopotensiallarni qayd qilish, strukturaviy sxemasi, elektrodlar va ulanishlar, metrologik parametrlari
- Mikroto'lqin va detsimetr to'lqinli terapiya: Mikroto'lqinli va detsimetr to'lqinli davolash apparatlarining ishlash prinsiplari, asosiy qismlari, ishlatishga tayyorlash, strukturaviy sxemasi
- Ultratovush terapiya: Ultratovush va ultratovush bilan davolovchi tibbiyot texnikalarining ishlash prinsiplari, chastotalar, ta'sir mexanizmlari, UZT-31 apparati
- Yuqori chastotali terapiya: Yuqori chastotali elektr toki bilan ta'sir etuvchi darsonvalizatsiya, induktotermiya va elektroxirurgiya usullari, «Iskra-1» va «Ultraton» apparatlari
- Ultra yuqori chastotali terapiya: Ultra yuqori chastotali elektromagnit maydon bilan davolash, UVSX apparatlari, impulsli UVSX terapiya
- Nur bilan davolash: Infraqizil, ultrabinafsha, yorug'lik va lazer nurlari bilan davolash, «Solluks», «Infrarush», «Minin lampasi», lazer apparatlari, tibbiyot texnikalarining parametrlari
- Tibbiyot texnikalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash: texnik xizmat koʻrsatish tartibi, mutaxassislarning vazifalari, taʼmirlash turlari, nosozliklarni bartaraf etish usullari, foydalanish tartibi