Delphi tilida dasturlash asoslari
Ushbu kitob Delphi dasturlash muhitini o'rganish uchun mo'ljallangan qo'llanma bo'lib, vizual dasturlash texnologiyalari asosida dasturlar yaratishni o'rgatadi. Unda Pascal tilining asoslari, interfeyslar bilan ishlash, ma'lumotlar bazasi va grafik imkoniyatlari keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Delphi Vizual Dasturlash Muhiti: Delphi muhitining asosiy tushunchalari, oynasi va elementlari, loyihasining tuzilmasi, sinflar va obyektlar, vizual komponentalar bibliotekasi va ularning asosiy usullari.
- Komponentalar bilan ishlash texnologiyalari: Label, Edit, Memo matn komponentalari va Button tugmachasi, tanlash tugmalari, ListBox va ComboBox komponentalari, StringGrid jadval komponentasi, muloqot oynalarini yaratish, ilovalar uchun menyu yaratish va bir necha formalar bilan ishlash.
- Grafika va Multimedia: Delphining grafik imkoniyatlari, grafik komponentalar, multimedia imkoniyatlari va bosmaga chiqarish texnologiyalari.
- Dasturlash tilining imkoniyatlari: Fayllar bilan ishlash, dinamik tuzilmalar, rekursiya va graflarga rekursiyani qoʻllash texnologiyalari.
- Ma'lumotlar bazasi texnologiyasi: Ma'lumotlar bazasi haqida asosiy tushunchalar, modellari, loyihalash usullari va ularni Delphi dasturlash vositasida amalga oshirish.