Iqtisodiyot asoslari
Ushbu kitob iqtisodiyotning asosiy tushunchalari, prinsiplari, usullari va vazifalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda bozor munosabatlari, tadbirkorlik, firma faoliyati, menejment, marketing, moliya, kredit va jahon xo'jaligi kabi mavzular yoritilgan. Kitob akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Iqtisodiyot asoslari: Ehtiyojlar, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy resurslar, bozor iqtisodiyotining tub belgilari.
- Bozor va uning qonun-qoidalari: Bozor, talab, me'yoriy naflilik qonuni, talab qonuni, talab elastikligi, taklif qonuni, taklifning elastikligi, bozor muvozanati.
- Tadbirkorlik: Biznes va uning turlari, bizneschilar, tadbirkorlik biznesning asosiy turi, firmalar, firma turlari, tadbirkorlik riski, biznesning axloqiy qoidalari.
- Firma faoliyati va uni baholash: Firmaning kapitali, firma xarajatlari, daromad, foyda, rentabellik, foydani maksimumlashtirish, firmaning barqarorligi.
- Menejment: Menejment va menejerlar, menejment turlari va usullari, menejment ishining bosqichlari, boshqaruv qarorlari, menejmentda axborot va texnikaning ahamiyati.
- Marketing: Marketing tushunchasi, bozorning tanlanishi, bozor segmentlari, marketing strategiyasi, narx belgilash, reklama, raqobatlashuv.
- Xonadon xo'jaligi: Xonadon xoʻjaligi, xonadon iqtisodiyot ishtirokchisi, xonadonning budjet chegarasi, xonadon iste'molidagi tanlov, xonadon jamg'armasi.
- Mehnat: Mehnat resurslari, mehnat bozori, ish haqi, mehnatga talab, mehnat taklifi, ishsizlik, ishsizlik shakllari, ishsizlik me'yorining darajasi.
- Iqtisodiy oʻsish: Milliy iqtisodiyot tushunchasi, milliy iqtisodiyotning o'sishi, iqtisodiy oʻsish turlari, iqtisodiy oʻsish samaradorligi, iqtisodiy oʻsishning siklli boʻlishi, sikl turlari, iqtisodiy beqarorlik, iqtisodiy xavfsizlik.
- Moliya va kredit: Iqtisodiyotning moliya sektori, korxona va tashkilotlar moliyasi, davlat moliyasi, moliyalashtirish usullari, banklar, bank operatsiyalari, foizlar, bank turlari, moliyaviy krizislar.
- Davlat va iqtisodiyot: Davlat iqtisodiyot ishtirokchisi, davlatning iqtisodiy vazifalari, iqtisodiyotning davlat tomonidan tartiblanishi, davlat iqtisodiy siyosatining yoʻnalishlari, iqtisodiyotni tartibga solish vositalari.
- Aholi daromadlari: Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yoʻnalishi, daromad tushunchasi, daromadlarning turlanishi, daromadlardagi tabaqalashuvi, turmush sifati.
- Jahon xo'jaligi: Xalqaro iqtisodiy aloqalar, jahon bozori, taqqosiy afzallik, eksport va import, valuta munosabatlari, kapitalning xalqaro harakati, toʻlov balansi, ish kuchi migratsiyasi, jahon xoʻjaligida integratsiya va globalizatsiya.