Bank menejmenti (V- VI boblar)

Ushbu kitobda bank menejmentining mohiyati, maqsadi, vazifalari, faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari, boshqaruv organlari, moliyaviy boshqarish, faoliyatida hujjatlashtirish ishlarini tashkil qilish kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, bank faoliyatini tahlil qilish, moliyaviy natijalari tahlili, pul mablag’lari harakati tahlili hamda marketingning ahamiyati kabi mavzular ham o’rin olgan.

Asosiy mavzular

  • Bank menejmentining mohiyati, maqsadi va vazifalari: Bank faoliyati, bank menejmentining zarurligi, maqsadi, vazifalari, tamoyillari.
  • Bank faoliyatini ma'muriy boshqarish: Bank faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari, bank boshqaruv organlari, banklarning tarkibiy tuzilishi, bank rahbarlari va xodimlariga qo'yiladigan talablar, kasb etikasi.
  • Bank faoliyatini moliyaviy boshqarish: Bank sarmoyasini boshqarish, bank majburiyatlarini boshqarish, bank aktivlarini boshqarish, bank likvidligini boshqarish, bankning kredit portfelini boshqarish, banklarning daromadlari va xarajatlarini boshqarish, bankning qimmatli qog'ozlar portfelini baholash va uni boshqarish.
  • Bank faoliyatida hujjatlashtirish ishlarini tashkil qilish: Banklarda ish yuritish, chiquvchi va ichki hujjatlarni tuzish hamda rasmiylashtirish, jo‘natilayotgan hujjatlarga ishlov berish, hujjatlar ijrosi ustidan nazorat, fuqarolarning yozma va og'zaki murojaatlari bilan ishlash, yig'majildlar nomenklaturalarini shakllantirish va tuzish, banklarda metodologiya ishlarining tashkil qilinishi, bank faoliyatida arxiv ishlarining tashkil qilinishi.
  • Bank faoliyatini tahlil qilish: Bank moliyaviy hisoboti, bank operatsiyalari tahlili, bank balansi tahlili, bank moliyaviy natijalari tahlili, bankning pul mablag'lari harakati tahlili.
  • Bank menejmentida marketingning ahamiyati: Marketing fanining asosiy rivojlanish bosqichlari, bank marketingi haqida tushuncha va uning zarurligi, bank xizmatlari bozorining segmentatsiyasi, raqobat va uning usullari, raqobatbardoshlik va unga erishish usullari, bank xizmatlarini sotish va reklama.