Amaliy geodeziya

Ushbu kitob "Amaliy geodeziya" kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda geodeziya fani, yer shakli, o'lchamlari, topografik xaritalar, planlar, xatolar nazariyasi, geodezik asboblar, plan olish usullari, yuzalarni hisoblash, nivelirlash va geodezik tarmoqlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Qo'llanma talabalarga amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Geodeziya fani va uning vazifalari: Geodeziyaning ilmiy va ilmiy-texnik vazifalari, Oliy geodeziya, topografiya, gidrografiya, fototopografiya, aerofototopografiya, fotogrammetriya, marksheyderiya fanlarining o'rni va ahamiyati bayon etilgan.
  • Yer shakli va oʻlchamlari toʻgʻrisida tushunchalar: Yerning shakli, geoid, ellipsoid, referens ellipsoid, Krassovskiy ellipsoidi, astronomik va geodezik koordinatalar, yassi koordinatalar, Gauss-Kryuger koordinata sistemasi haqida ma'lumot berilgan.
  • Topografik planlar va kartalar: Plan, karta va profil toʻgʻrisida tushuncha, masshtablar, yer yuzasidagi elementlarning tasviri, qiyalik va nishablik, relyef tasviri, masshtablar, shartli belgilar va h.k. yoritilgan.
  • Joydagi chiziqni oriyentirlash.Tekislikda to'g'ri va teskari geodezik masala: Yer yuzasida yoʻnalishni aniqlash usullari, azimutlar, direksion burchak, meridianlar yaqinlashishi, magnit strelkasining og'ishi, rumblar, Gauss-Kryugerning to'g'ri burchakli koordinata sistemasi yoritilgan.
  • O'lchash xatolarining nazariyasi toʻgʻrisida tushuncha: Oʻlchash xatolari klassifikatsiyasi (qo'pol, sistematik, tasodifiy), chekli va nisbiy xatolar, oʻrtacha arifmetik miqdorning oʻrtacha kvadratik xatosi, oʻlchash natijalari funksiyasining xatosi, bevosita oʻlchash natijalarining aniqligiga baho berish yoritilgan.
  • Geodezik tayanch to'rlari: Davlat geodezik tayanch toʻrlari va zichlashtirish toʻrlari toʻgʻrisida tushuncha, planli davlat geodezik toʻrlari (triangulatsiya, trilateratsiya va poligonometriya), koordinatalar katalogi, davlat balandlik toʻrlari, sun'iy yo'ldoshli geodezik to'rlari haqida malumot berilgan
  • Plan olish to'rlari: Plan olish toʻrlari, teodolit yoʻlini oʻtkazishdagi dala ishlari, teodolit yo'li punktlarining koordinatalarini hisoblash, taxeometrik yo'l haqida malumot berilgan.
  • Loyihani joyga ko'chirish: Rejalash ishlari haqida umumiy ma'lumotlar, loyihani analitik hisoblash, rejalash elementlari qiymatlarini aniqlash usullari, loyihaviy gorizontal burchakni yasash, otmetkani kotlovan tubiga uzatish, berilgan qiyalikda chiziq yasash kabilar yoritilgan
  • Joyda masofani o'lchash: Joyda nuqtalarni belgilash va chiziq oʻtkazish, joyda masofani oʻlchash usullari, joyda masofani bevosita va bavosita oʻlchash asboblari va ularni tekshirish batafsil bayon etilgan
  • Geometrik Nivelirlash usullari: Geometrik Nivelirlash usullari ya'ni oldinga Nivelirlash va O'rtadan Nivelirlash va boshqalar haqida malumot berilgan
  • Kartografiya: Kartografiya tarixi, ta'rifi, vazifalari, fanning rivojlanishi, kartalar klassifikatsiyasi, kartalardan foydalanish metodlari, mazmuni, xususiyatlari va kartografiya tizimlari haqida malumot berilgan