O‘simliklarni biologik himoya qilish

Kitobda oʻsimliklarni biologik himoya qilish usullari, mikroorganizmlar (bakterial, zamburugʻlar va viruslar)dan foydalanish, foydali hasharotlar va ularning kasalliklariga qarshi kurashda antibiotiklardan foydalanish, begona oʻtlarga qarshi biologik kurash usullari, kemiruvchi hayvonlar va zararkunandalarga qarshi kurash usullari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Oʻsimliklarni biologik himoya qilish: Tabiatda organizmlarning oʻzaro munosabatlari, biosenoz va uning elementlari.
  • Qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalarining entomofaglari va akarifaglari: Introduksiya va iqlimlashtirish, arealda tarqatish va mavsumiy kolonizatsiyalash, foydali hasharotlarni himoya qilish yoʻllari, Oʻzbekiston sharoitida uchraydigan foydali hasharotlar.
  • Oʻsimlik zararkunandalariga qarshi mikroorganizmlar: Bakterial preparatlarning taʼsir qilish mexanizmi, bakterial preparatlarning qisqacha taʼrifi, hasharotlarning zamburugʻ kasalliklari va ular asosida tayyorlangan preparatlar, hasharotlarda virus kasalliklarining oʻziga xosligi.
  • Oʻsimlik va foydali hasharotlarning kasalliklariga qarshi kurashda mikroorganizm va antibiotiklardan foydalanish: Oʻsimlik va hasharotlarning zamburug' va bakterial kasalliklarini izlab topish hamda ularning tahlili, antibiotiklar va ularning mikroorganizmlarga ta'siri, antagonist mikroorganizmlarning ahamiyati, foydali hasharotlar kasalliklariga qarshi kurashda antibiotiklardan foydalanish.
  • Kemiruvchi hayvonlar va zararkunandalarga qarshi kurash: Kasalliklarning ta'rifi va kemiruvchi hayvonlarga qarshi mikrobiologik preparatlardan foydalanish.
  • Zararkunandalarga qarshi boshqa hayvonlardan foydalanish: Zararli organizmlarga qarshi kurash, suvda va quruqlikda yashovchilar yoki amfibiyalar, qushlar va sudralib yuruvchilar.
  • Begona oʻtlarga qarshi biologik usulda kurash: Begona oʻtlarning zarari, begona oʻtlarga qarshi kurashda tabiiy dushmanlardan foydalanish, zamburugʻli mikrogerbitsidlarni qoʻllash.