Hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirish orqali mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlash yollari
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasining mahalliy byudjet tizimi, uning nazariy va amaliy asoslari, shakllanishi, daromad bazasini mustahkamlash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish orqali mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash yo'llari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Mahalliy budjetlarning nazariy-huquqiy asoslari: Ushbu mavzuda mahalliy budjetlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, shakllanish prinsiplari, huquqiy asoslari, daromad manbalari va ularni boshqarish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Mahalliy budjetlar daromad bazasining amaldagi holati tahlili: Ushbu mavzuda mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibi va tuzilishi, daromad bazalarini boshqarish holati, subventsiya darajasini qisqartirishga ta'siri kabi masalalar tahlil qilinadi.
- Iqtisodiyotni modernizatsiya sharoitida mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash masalalari: Ushbu mavzuda xorijiy tajribalar, budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish orqali mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash yo'llari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.