Pedagogika
Ushbu kitob bo'lajak o'qituvchilar va pedagoglar uchun pedagogika nazariyasi va amaliyotiga oid muhim ma'lumotlarni, ta'lim sohasidagi asosiy tushunchalarni, zamonaviy ta'lim tendensiyalarini, pedagogik texnologiyalarni, ma'rifiy tizimlarni boshqarish masalalarini o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Pedagogikaga Kirish: Pedagogikaning mohiyati, predmeti, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika fanining asosiy tushunchalari va kategoriyalari.
- Ma'rifiy Qadriyatlar va Maqsadlar: Ma'rifiy qadriyatlar, maqsadlar va ularning vazifalari, ma'rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi. Avesto va O'rxun-Yenisey yodgorliklarining ahamiyati.
- Zamonaviy Ta'lim-Tarbiya: Zamonaviy ta'lim-tarbiya va uning mohiyati, Ta'lim to'g'risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, kadrlar tayyorlash milliy modeli.
- Pedagogik Texnologiyalar: Pedagogik texnologiyaning turlari va klassifikatsiyasi, pedagogik texnologiyaning aspektlari.
- Pedagogik Muloqot: Pedagogik muloqotda muomala madaniyati, sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta'siri, muloqot asosida ma'naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari va omillari.
- O'quv-Tarbiyaviy Vaziyatlarni Loyihalashtirish: Ta'lim shakllari to'g'risida umumiy tushuncha, o'qitishning sinf-dars shakli, darsga qo'yiladigan talablar, dars ko'rinishlari va ularning tuzilishi, o'qitishning boshqa shakllari.
- Pedagogik Nazorat va Ta'lim Sifatini Baholash: O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi, uzluksiz ta'lim, O'rta maxsus, kasb xunar kollejlari va ularning maqasd va vazifalari, O'quv muassasalariga rahbarlik.