Mатериялар қаршилиги

Ushbu kitob materiallar qarshiligi fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda statika, kuchlanish, deformatsiya, mustahkamlik nazariyalari, egilish, buralish va boshqa shu kabi mavzularga oid nazariy va amaliy masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Materiallar qarshiligi fanining asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari, shuningdek, ushbu fanning boshqa fanlar bilan bog'liqligi.
  • Tashqi va ichki kuchlar: Tashqi kuchlarning turlari, ichki zo'riqish kuchlari va ularni aniqlash usullari, kesish usuli.
  • Kuchlanish va deformatsiya: Kuchlanish, ko'chish, deformatsiya tushunchalari, deformatsiyalarning elastik va plastik turlari.
  • Cho'zilish va siqilish: Cho'zilish va siqilish deformatsiyasi, bo'ylama kuch, normal kuchlanish, Puasson koeffitsienti, Guk qonuni, elastiklik moduli va solishtirma potentsial energiya.
  • Materiallarning mexanik xossalarini tajribalar yordamida o'rganish: Materiallarning mexanik xossalari, plastik materiallarning cho'zilish diagrammasi, elastiklik zonasi, oqish zonasi, mustahkamlanish zonasi, proporsionallik chegarasi, oquvchanlik chegarasi va boshqa xususiyatlar.
  • Xususiy og'irlik hisobga olish mustahkamlikka hisoblash: Xususiy og'irlikni hisobga olish, normal kuch, normal kuchlanish va ko'chishlar epyuralarini qurish, plastik va mo'rt materiallar uchun mustahkamlik shartlari.
  • Cho'zilish va siqilishda mustahkamlikka va bikrlikka hisoblash. Statik noaniq masalalar.: Cho'zilish va siqilishda mustahkamlik sharti, ruxsat etilgan kuchlanish bo'yicha hisoblash, statik noaniq masalalar, temperatura o'zgarishi va konstruksiyalarni yig'ishda yo'l qo'yilgan xatolar ta'sirida hosil bo'ladigan masalalar.
  • Tekis shakllarning geometrik xarakteristikalari: Tekis shaklning statik momentlari, og'irlik markazi holatlari, markaziy o'q, inertsiya momentlari, qutbga nisbatan inertsiya momentlari, markazdan qochma inertsiya momentlari va oddiy shakllarning inertsiya momentlari.
  • Bosh o'qlar va bosh inertsiya mometlari: O'qlar parallel ko'chirilganda inertsiya momentlari o'zgarishi, o'qlar burilganda inertsiya momentlari o'zgarishi, bosh o'qlar va bosh o'qlar holatlari, inertsiya radiuslari va oddiy shakllarning geometrik xarakteristikalari.
  • Tekis egilish: Tekis ko'ndalang egilish, eguvchi moment va uning ishoralari, ko'ndalang kuch va ishoralari.
  • Sof egilish. Egilishda mustahkamlikka xisoblash: Sof egilish, neytral qatlam va neytral o'q, egilishda normal kuchlanish, egilishda urinma kuchlanish, plastik materiallar uchun egilishda mustahkamlik sharti, mo'rt materiallar uchun egilishda mustahkamlik shartlari va egilishda mustahkamlikka xisoblash.
  • Egilish deformatsiyasi. Analitik usulida hisoblash: To'sin ko'ndalang kesimi og'irlik markazining vertikal ko'chishi, eguvchi moment va uning ishoralari, ko'ndalang kuch va ishoralari.
  • Elastik jism nuqtasining kuchlanish holati: Nuqtaning kuchlanish holati, kuchlanish holati komponentlari, urinma kuchlanishlarning juftlik qonuni, ixtiyoriy xolatdagi yuzada kuchlanishlarni aniqlash, kuchlanishlar tenzori, bosh yuzachalar va bosh kuchlanishlar.
  • Tekis kuchlanish xolati: Tekis kuchlanish xolati, tekis kuchlanish xolati uchun qiya yuzadagi kuchlanishlar, bosh yuzalar va ularning xolati, bosh kuchlanishlar, ekstremal urinma kuchlanishlar.
  • Umumlashtgan Guk qonuni: Solishtirma potentsial energiya, kuchlanish nisbiy deformatsiyaga to'g'ri proporsional ekanligi.
  • Mustahkamlik nazariyalari: Xavfli kuchlanish xolati, ekvivalent kuchlanish, mustahkamlik nazariyalari.
  • Sof siljish: Sof siljish, sof siljishda absolyut va nisbiy deformatsiya, siljish uchun Guk qonuni, ikkinchi darajali elastiklik moduli, parchin mixli birikmalar xisobi, payvand birikmalar xisobi.
  • Buralish: Buralish, burovchi moment va ishoralari, buralishda urinma kuchlanishlar, buralishda mustahkamlik sharti, kesimni ratsional tashlash.
  • Silindrik vintli prujinaning xisobi: Prujina o'ramining o'rtacha radiusi, prujina simining radiusi, o'ramlar soni.
  • Murakkab qarshilik. Qiya egilish.: Murakkab qarshilik, qiyshiq egilish, qiyshiq egilish uchun ichki kuchlarni aniqlash, qiyshiq egilishda normal kuchlanishni aniqlash.
  • Markaziy bo'lmagan cho’zilish va siqilish. Egilish bilan buralishning birgalikdagi ta'siri.: Markaziy bo'lmagan cho'zilish, kesim yadrosi, normal kuchlanish xosil bo'lishi. Burovchi moment ta'siridan urinma kuchlanish xosil bo'lishi.
  • Ko'chishlarni xisolashning energetik usullari: Oddiy deformatsiyalar cho'zilish va siqilish, egilish, buralish va siljishlarda xosil bo'ladigan potentsial energiyalarni olish.
  • Sterjenlarni ustivorlikka xisoblash: Bo'ylama egilish, ustvorlik va noustvorlik muvozanat xolatlari, kritik kuch, kritik kuchlarni aniqlashda Eyler formulasi.
  • Yasinskiy formulasi. Ustvorlikka xisoblashning amaliy usuli.: Yasinskiy chizig'i, Eyler giperbolasi, Eyler formulasidan foydalanish chegarasi.
  • Egri bruslar xisobi: Qurilish va mashinasozlikda egri chiziqli sterjenlar. Qutb koordinata sistemasida xisoblanadi.
  • Dinamik kuchlar ta'siridan mustahkamlikka xisoblash.: Vaqt birligida o'zgarib turuvchi kuchlar dinamik kuchlar deyiladi. Dalamber printsipi.
  • Mexanik tebranish: Tebranma xarakat, tebranma xarakat turlari, egilishdagi tebranma xarakat.