O`rta asrlar Yevropa davlatlari numizmatikasini o`rganishda qiyosiy tahlil usullaridan foydalanish

Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Navoiy davlat pedagogika instituti «Umumiy tarix» kafedrasi talabasi O'rinov Dilshod Normurodovichning «O'rta asrlar Yevropa davlatlari numizmatikasini o`rganishda qiyosiy tahlil usullaridan foydalanish» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishida O'rta asrlar Yevropa davlatlari numizmatikasini qiyosiy tahlil qilish, fan tarixini o'rganishda numizmatikaning ahamiyati, O'rta Osiyo va G'arb davlatlari o'rtasidagi madaniy aloqalar, tangalarning kelib chiqish tarixi kabi masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Numizmatika tarix fanini o'rganishda yordamchi manba: Numizmatikaning tarixiy manba sifatidagi ahamiyati, antik davr tangalari, o'rta asrlar Yevropa davlatlari numizmatikasi va ularning davrlashtirilishi.
  • G`arb va Osiyo davlatlari xalqlarining savdo va madaniy aloqalari va uning tanga pul muomalasiga ta`siri: Vizantiya, Xitoy tanga zarbi an'analarining Turk xoqonligi tangalariga ta`siri, X- XII asrlarda Movarounnahr tangalari va uning Yevropa davlatlari bilan o`zaro aloqalaridagi o`rni.
  • O'rta asrlar Yevropa davlatlari numizmatikasi: Pulning vazifalari, Rim imperiyasi davridagi pul muomalasi, Yevropada tangalarning paydo bo`lishi, feodalizm davridagi pul munosabatlari, Karoling dinori, Taler davri va boshqalar.
  • O`rta asrlar Yevropasida tangalar tarixi: O`rta asrlar Yevropasida tangalar tarixining davrlarga bo`linishi, numizmatikaning ahamiyati, tanga zarb qilish tarixini o`rganish.